Bosh sahifa Faoliyat Ilmiy faoliyat

Ustoz-shogirt maktabi


Institutda 5 ta ilmiy maktab faoliyat ko‘rsatadi:

  • Derivatologiya maktabi.

  • Umumiy va roman-german tilshunosligi maktabi.

  • Gapning ichki va tashqi qurilmasi va uning qiyosiy tipologiyaga tadbiq etish muammolari.

  • Lisoniy faoliyatning ijtimoiy xususiyatlar.

  • Jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy muammolari

Hozirda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha “Ustoz-shogird”lik asosida 64 nafar kishi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun 9 nafar tadqiqotchi esa fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mavzularini OAK ro‘yxatidan o‘tkazib doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

Derivatologiya maktabida “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusida ish olib borilmoqda. Bu maktabga umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasining mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, Turniyazov Ne’mat Qayumovich rahbarlik qiladi.

Mazkur tilshunoslik maktabida “Til va nutq dixotomiyasi” muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan masalalarning ilmiy talqiniga asoslangan tadqiqot ishlari olib boriladi. Hozirgi davr jahon tilshunosligida o‘ta dolzarb hisoblangan masalalardan biri til sistemasi belgilarining nutqqa ko‘chirilish muammosining ilmiy talqinidir. Ana shu jihatdan til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlarini o‘rganish ustivor ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi paytda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustidan ish olib bormoqda.

Umumiy va roman-german tilshunosligi maktabida “Tilning sistem-strukturaviy va nominativ-kommunikativ tarzda namoyon bo‘lishi” mavzusida ish olib borilmoqda.

Ushbu maktabda umumiy tilshunoslikning asosiy muammolari, jumladan, tilning mohiyati, til shakllari va vazifalari, turli jahon tillarining strukturaviy tuzilish qonuniyatlari, rivojlanishi, qo‘llanilishi va o‘zgarishi, so‘z ma’nosining predmet-tushuncha munosabatlari, jahonning lisoniy manzarasi (til va borliq), tilning tizimli-sathiy strukturasi; tilning ko‘p elementliligi; tilda tizimlilik va tarkibiylikning o‘zaro bog‘liqlik munosabati, tizim va matn, til va ob’ektiv borliqni anglash, tilning individualligi va tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik kabi muammolar o‘rganiladi.

Hozirgi paytda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustidan ish olib bormoqda.

Gapning ichki va tashqi qurilmasi va uning qiyosiy tipologiyaga tadbiq etish muammolari maktabiga f.f.n., dots. O‘rol Usmonov rahbarlik qiladi.

Ushbu maktabda gap qurilmasida sintaktik birliklarning sintaktik aloqalarni, differensial sintaktik va semantik belgilarni qiyosiy tadqiq qilish o‘rganiladi. Hozirgi paytda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

“Lisoniy faoliyatning ijtimoiy xususiyatlari” nomli maktabga f.f.d., prof. Safarov Shahriyor Safarovich rahbarlik qiladi.

Lison ijtimoiy hodisa sifatida inson faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ammo lisoniy faoliyatning ijtimoiy xususiyatlari masalalari to‘lig‘icha o‘rganilmagan. Bu holatni tushunish va uning echimini topish uchun til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni hamda ijtimoiy muhitni o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Til tizimining rivoji, uning u yoki bu qismlari, sathlarining o‘zgarishi bevosita sotsial muhitda yuzaga keladigan holatlar bilan bog‘liqdir. Til o‘z sohibi bo‘lgan millat, elatning turmush sharoitida kechayotgan voqea-hodisalarini o‘zida aks etadi. SHu sababli tilshunoslik fanida yuzaga kelgan interlingvistik nazariyalar tahlili muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Interlingvistik nazariyalar doirasida yuzaga kelgan muammolar qatori kengayib bormoqda, chunki til va jamiyat, til va madaniyat munosabati, lisoniy faoliyatni modellashtirish va sun’iy intellektni yoritish, axborotlar qidiruvining lisoniy omillarini topish masalalari hanuz dolzarbdir. Bu muammolar filologiya va chet tillar fakultetlari o‘quv rejalaridan sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, madaniyatlararo muloqot kabi predmetlar o‘rin olishi bilan yanada dolzarblashdi.

Hozirda ushbu ilmiy maktab yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi "Oliy ta‘lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 20-2018-son buyrug‘i -ko'rish/ko'chirsh

chop etish