Bosh sahifa Faoliyat Ilmiy faoliyat

Yosh olimlar maktabi


Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks ishlar bajarilmoqda, jumladan dissertatsiya ishlarini tayyorlab ximoyaga chiquvchi o‘qituvchi va tadqiqotchi-izlanuvchilar bilan suxbat, konkret individual yordam ko‘rsatish tadbirlarini belgilash; ajratilgan kvota asosida doktoranturaga qabulni ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilish va bu tadbirga iqtidorli yoshlarni jalb etish, kafedralar kesimida o‘qituvchilarning dissertatsiya ishlarini bajarishlari bo‘yicha ma‘lumotlarni to‘plash va tahlil qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Yuqorida e‘tirof etilgan ishlarni samarali amalga oshirishni institutngning ilmiy maktab yaratuvchi yetakchi olimlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda SamDCHTIda “Yosh olimlar” kengashi institut rektorining 2013 yil 29 martdagi 104-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Mazkur buyruq asosida kengash Nizomi va tarkibi tasdiqlangan. Bugungi kunda “Yosh olimlar” kengashi institutda tashkil etilgan ilmiy-metodologik seminar bilan mavfiqlashtirilgan holda ish faoliyatini yuritayapti.

chop etish