Bosh sahifa Institut

Ingliz tili leksikologiyasi va stilistika kafedrasining hamkorlik aloqalari


Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda ishlash bo’yicha pedagogik, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyati ikkita o’rta maxsus ta’lim muassasasida yo’lga qo’yilgan. Ta’limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etishda kafedra jamoasining ishtiroki SamDChTI Akademik litseyda ta’minlanmoqda. Mazkur ta’lim muassasa bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. O’quvchilarning oily ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishishida hamkorlik ishalari amalga oshirilmoqda. Bu bo’yicha ishchi reja shakllantirilib, tegishli tartibda tasdiqlangan.

Ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasiga biriktirilgan akademik litseyda  kafedraning filiali tashkil etilgan. Kafedra filiallarining maqsadi etib kafedra jamoasi va mazkur ta’lim muassasalari o’qituvchilari bilan hamkorlikda chet tili (ingliz tili), shuningdek pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etish, mutaxassislik fanlari o’qituvchilariga yaqindan amaliy ko’maklashish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib boorish kabilar belgilangan. Shu bilan birga ta’lim muassasalarida ingliz tili fanidan o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratish, kasbiy amaliyot bo’yicha ishchi dasturlarni ishlab chiqish, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etish kabilar ham innovatsion guruh to’g’risidagi ma’lumotning 1-4 shakllarda o’z ifodasini topgan.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim muassasalari bo’yicha o’quvchilarning ta’lim yo’nalishlari bo’yicha soni, axborot resurs markazi fondi, o’qituvchilarning ilmiy salohiyati, amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar muntazam tahlil qilib borilmoqda. 

Ta’lim muassasasi o’quvchilari e’tiboriga Samarqand davlat chet tillar instituti to’g’risida ma’lumotlar taqdimot ko’rinishida havola etib borilmoqda. Oliy ta’lim muassasasiga tinglovchilarni qabul qilish davrida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda.

Ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan mazkur ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun amaliy ingliz tili bo’yicha 5 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 10 dan ortiq dars ishlanmalari tayyorlanib, o’quv jarayoniga tadbiq etildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari Akademik litsey o’quvchilarining Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun tayyorgarlik jarayoni davomida bevosita kasbga yo’naltirish va malaka talablarini shakllantirishda, xususan ingliz tilini yanada mukammal o’zlashtirishda amaliy yordam ko’rsatib kelishmoqda.

Ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi o`qituvchisi Nasirova Mohigul Akademik litseyda tashqi o`rindoshlik o’rindoshlik asosida ishga joylashgan.

Tashkiliy uslubiy ishlar

Kafedra Samarqand davlat chet tillar Instituti Akademik litsey bilan hamkorlikda ochiq darslar, seminar treninglar, mahorat darslari, CEFR dasturi, taqdimot va slayd shou yordamida namoyish qilib kelinmoqda.

Kafedraga Pastarg`om tumanida joylashgan 84-umumiy o`rta ta`lim maktabi biriktirilgan. Haftaning juma kunlari kafedra professor-o`qituvchilari mazkur ta`lim muassasasiga tashrif buyurib, uslubiy, tarbiyaviy faoliyatning hozirgi holati bo`yicha tanishib borishmoqda hamda kamchiliklar aniqlanib bartaraf etish choralari ko`rilmoqda. Bu bo`yicha Ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi hamda 84- umumiy o`rta ta`lim maktabi o`rtasida yo`l xaritasi hamda hamkorlik shartnomasi ishlab chiqildi va tegishli tartibda tasdiqlandi. Maktab jamoasi va o`quvchilar uchun psixologik test tashkil etildi. Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan mazkur maktab jamoasiga Ingliz tili grammatikasiga oid 40 ta o`quv adabiyoti tuxfa etildi.

chop etish