Bosh sahifa Faoliyat Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

Talabalar hayoti


Institutda talaba-yoshlar uchun ta’lim-tarbiya olishlari, sport bilan muntazam shug’ullanishi, turli fan, sport va ijodiy to’garaklari, turli bayram tadbirlari, ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etishlari, o’z iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Talabalar ishtirokida QVZ, “Tafakkur sinovlari”, “Teatr studiyalari” festivallari, “Zakovat”, “Zukko kitobxon”, “Aql charxi” kabi intelektual o’yinlar doimiy faol tarzda o’tkazilib boriladi.
Universitetda 30 dan ortiq fan, sport, kasbiy va ijodiy to‘garaklar faoliyat yuritadi va qiziquvchi talabalar jalb etilgan.
Talabalar turar joylarida kafedralar tomonidan grafik asosida “Kafedra kunlari” va “Kafedra haftaliklari” tashkil etilgan bo‘lib, uzluksiz ravishda davra suhbatlari, kitobxonlik tadbirlari, “Zakovat”, “Zukko kitobxon” tanlovlari, yozuvchi va adiblar bilan uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda.

chop etish