Bosh sahifa Institut Kafedralar

Axborot texnologiyalari kafedrasi


Kafedra mudiri: Maxmud Lutfillayev

Telefon: +998911348076

Elektron manzili:  lutfillayev@samdchti.uz

 

 

 

 

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI TARIXI

Axborot texnologiyalari kafedrasi 1999-yilda tashkil etilgan. Kafedra 1999-2007 yillarda “Informatika va o’quv jarayonini avtomatlashtirish” kafedrasi, 2007-2012 yillarda “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi, 2012-2015 yillarda “Informatika” kafedrasi, 2015 yildan buyon “Axborot texnologiyalari” kafedrasi deb yuritiliadi.

Kafedraga 1999-2007 va 2009-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Eshonqulov Dulan Tugalovich, 2007-2009 yillarda kimyo fanlari nomzodi. Seit-Enon Madina Abxairovna, 2013-2017 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi Amonov Adham Kamolovich rahbarlik qilgan. 2017 йил 2 sentyabrdan boshlab kafedraga Eshonqulov Dulan Tugalovich rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi vaqtda kafedrada 1 nafar fan doktori (Lutfillayev M.X.), 2 nafar fan nomzodi (Eshonqulov D.T., Seit-Enon M.A.), 1 nafar katta o‘qituvchi (Burnashev R.F.), 7 nafar assistent (Burnasheva F.S., Anarbaeva F.U., Jabbarova X.Q., Qoraev A.F., Nurmatov G‘.M., Ashurov Z.R.), 1 nafar kabinet mudiri (Nasimova U.L.) faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Kafedrada 6 ta fan mavjud bo‘lib, ular bakalavriat talabalariga o‘tiladi.

Kafedra fanlaridan asosan institutning 1, 2 va 3 kurs talabalariga dars o‘tiladi. Bunda quyidagi fanlar mavjud: “Axborot texnologiyalari”, “Til ta’limida AKT”, “Chet tilini o’qitishda masofali o’qitish amaliyoti”, “Chet tilini o’rganishda AKT”, “Innovatsion texnologiyalar asosida onlayn kurslar yaratish”, “Tabiiy fanlar konsepsiyasi”.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi o’quv dasturlari namunaviy dasturlar asosida ishlab chiqilgan.

Kafedrada o’qitilayotgan barcha fanlardan o’quv-uslubiy majmualar yangi talablar asosida yaratilgan. Amaliy mashg’ulotlarini olib borish uchun uslubiy ko’rsatmalar va tarqatma materiallar ishlab chiqilgan.

Ma’ruza mashg’ulotlari ilmiy darajaga va yetarlicha pedagogik tajribaga ega bo’lgan mutaxassislarga taqsimlanishiga jiddiy e’tibor berilgan.

Kafedrada har bir o‘qituvchining sust o‘zlashtirayotgan talabalar bilan ishlash va qayta topshirish jadvali, reyting nazoratlarni qayta topshirish jadvallari tuzilgan va ishlar ushbu jadval asosida olib boriladi. Qoldirilgan darslarni qayta qabul qilish daftari mavjud bo‘lib, muntazam ravishda qaydlar olib borilgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari M.X.Lutfillayev, D.T.Eshonqulov, F.S.Burnasheva, R.F.Burnashevlar tomonidan Informatika va axborot texnologiyalar fanini o’rganish bo’yicha elektron darslik va multimediali o’quv kurslari yratilib, Davlat patent idorasi tomonidan mualliflik guvohnomalari olingan.

Kafedra professor-o’qituvchisi F.U.Anarbayeva hozirgi kunda Qori-Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

Kafedra professor-o’qituvchisi M.X.Lutfillayev tomonidan I-2016-4-15 «Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tadbiq etish (Oliy ta’lim muassasalari misolida)», “Interaktiv xizmatlardan mobil aloqa asosida foydalanishning da dasturiy ta’minotini yaratish va tadbiq etish (Oliy ta’lim muassasalari misolida)” innovatsion loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

Kafedrada “Innovatsiya” to’garagi faoliyat yuritadi. To’garak ilmiy tadqiqot mavzusi: “Ta’ilmda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash”. To’garak a’zolari bo’lgan iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar to’plamlarida chop etilib kelinmoqda.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

Axborot texnologiyalari

Til o’rganishda AKT

Chet tilini o’qitishda masofali o’qitish amaliyoti

Tabiiy fanlar konsepsiyasi

Kafedraning ilmiy yo’nalishi — “Xorijiy tillarni o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologilarning o’rni”.

Kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar:

И-ОТ-2017-4-2 - «Методик тизим доирасида компьютер имитацион моделлар асосида виртуал ресурслар яратиш ва инклюзив таълимга жорий этиш» - Loyiha rahbari M.X.Lutfillayev

“Multimediya va innovaysion texnologiyalardan foydalanish” markazi – Markaz direktori M.X.Lutfillayev

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Информатика ва ахборот технологиялари, Тошкент, “Университет” нашриёти, 2017 й., Арипов М.М., Лутфиллаев М.Х.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlari. O’quv-uslubiy qo’llanma. Samarqand, 2014. Amonov A.K., Eshonqulov D.T., Jabborova H.Q.

Axborot texnalogiyalari integrasiyasi asosida o’quv jarayonini takomillashtirish O’quv-usbiy qo’llanma. Samarqand SamDCHTI 2014 Luttfillayev M.X,

Очиқ кодли платформалар асосида ишлаш, қўлланма, ТАТУ, “Адабиёт учқунлари”: Тошкент, 2015, Нишонов А.Х., Анарбаева Ф.У., Бабамухамедова М.З.

Moodle 2.6 платформасида ишлаш, Ўқув-услубий қўлланма, Самарқанд, 2015. А.К.Амонов, Ф.У.Анарбаева.

Web-ҳужжатлар билан ишлаш, Ўқув-услубий қўлланма, Самарқанд, 2016. А.К.Амонов, Ф.У.Анарбаева

Ахборот тизимлари, Ўқув-услубий қўлланма, Самарқанд, 2016. А.К.Амонов, Ф.У.Анарбаева

Чет тилини ўқитишда масофали ўқитиш амалиёти, Ўқув-услубий қўлланма, Самарқанд, 2017. А.К.Амонов, Ф.У.Анарбаева

Олий математика асослари, Ўқув-услубий кўрсатма, Самарқанд, 2017. Эшонқулов Д.Т., Жабборова Ҳ.Қ., Хушвақтов А.А.

Hamkorlik aloqalari

KafedraUrguttumaniBaxrinmaishiy-xizmatvaserviskasb-hunarkollejihamdaUrgutpedagogikavaijtimoiy-iqtisodiyotkollejlaribilanhamkorlikaloqalariniyo’lgaqo’ygan. Kafedra professor-o’qituvchilari kasb-hunar kollejlarida seminar-treninglar, ochiq suhbatlar o’tkazib kelishmoqda. Bundan tashqari, Baxrin maishiy-xizmat va servis kasb-hunar kolleji talabalari kafedrada o’quv amaliyoti o’tkazishdi.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TARKIBI:

 

 
Eshonqulov Dulan Tugalovich
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri
 
Lutfillaev Maxmud Xasanovich
Samarqand davlat chet tillar institutining axborot texnologiyalari kafedrasi professori
 
Burnashev Rinat Faritovich
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Seyt-Enon Medine Abxairovna
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Burnasheva Farida Sadikovna
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi
 
Anarbaeva Fotima Urazalievna
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi
 
Jabbarova Xabiba Quvondiqovna
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi
 
Qoraev Abduvafo Fazliddinovich
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi
 
Nurmatov G‘ayrat Mustafaqulovich
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi
 
Ashurov Zafarjon Raxmanqulovich
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyati (%)

chop etish