Bosh sahifa Institut Kafedralar

Ijtimoiy fanlar kafedrasi


Kafedra mudiri: f.f.n. Amridinova Dilrabo Tursunovna
Telefon: (+99891) 550 35 33

Elektron manzil: Dilrabo1971@umail.uz

 

 

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra tarixi

Ijtimoiy fanlar kafedrasi 1995 yil fevral oyida tashkil etilgan.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi jamoasi o’z oldiga ijtimoiy-gumanitar soha bo’yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini olib borishni asosiy maqsad qilib olgan.

Hozirgi vaqtda kafedrada 25 ta professor-o’qituvchilar 2 ta professor, 6 ta dotsent, 4 ta katta o’qituvchi, 13 o’qituvchilar bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga dars berib kelmoqdalar.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

         * 5120100– Filologiya va tillarni o’qitish( tillar bo’yicha)

         * 5120200 - Tarjima nazariyasi (ingliz tili)

         * 5111400- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

*5А120102 – Ligvistik tilshunoslik (tillar bo’yicha)

* 5A120201 –Qiyosiy tilshunoslik, Ligvistik tilshunoslik (tillar bo’yicha)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Kafedrada 2017-2018 o‘quv yilida o‘quv jarayoni belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Kafedrada

“O‘zbekiston tarixi”, “Dinshunoslik” , “Markaziy Osiyo Renesans davri ijtimoiy tarixi” bo‘yicha tanlov fani, “Falsafa”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Sotsiologiya”, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”, “Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, magistraturaning 1-kurs talabalari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani o‘qitiladi.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARINING TARKIBI

Amridinova Dilrabo Tursunovnafalsafa fanlari  nomzodi.

2017 yil 4-martdan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri.

 

 

 

 

 

 

 

Shodiyev Rustam Toxirovich. Falsafa fanlari  doktori, professor. 2016 yil 2-sentabrdan  buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori.

 

 

 

 

 

 

Bozorov Mustafo Jabborovich, Falsafa fanlari nomzodi nomzodi, dotsent. 2016 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.

 

 

 

 

 

 

Raxmatov Baxriddin Boriboevich, Iqtisod fanlari nomzodi nomzodi, dotsent. 2017 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.

 

 

 

 

 

 

Muminova Oysanam Maqsudovna,  Falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 2013 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.

 

 

 

 

 

 

Xandamova Ma’rifat Akramovna, Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 2015 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.

 

 

 

 

 

 

Ochilova Shoira Sayfievna, Tarix fanlari nomzodi, kata o’qituvchi. 2016 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchi.

 

 

 

 

 

 

G’aybullaev Otabek Muxammadievich, Falsafa fanlari doktori, dotsent. 2018 yil 3-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.

 

 

 

 

 

 

Sultonova Svetlana Yurievna, katta o’qituvchi. 2013 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Melikova Martaba Numonovna, katta o’qituvchi. 2015 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Mo’minov Nozim Naimovich, katta o’qituvchi. 2015 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Ashurova Xurshida Sagdullaevna, o’qituvchi. 2016 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Xamdamov Islom Akramovich, kata o’qituvchi. 2013 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

 

Indiaminova Shoira Amriddinovna, o’qituvchi. 2015 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Fozilova Madina Mamatqulovna, o’qituvchi. 2016 yil 12-noyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Bozorov Shuhrat Saloydinovich, o’qituvchi. 2015 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Boboqulova Xurshida Erkinovich, o’qituvchi. 2016 yil 12-noyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Suyunov Sherzod Boliqulovich, o’qituvchi. 2014 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Shodmonov Aziz Azimovich, o’qituvchi. 2017 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

 

Hamzayev Shavkat Abdirasulovich, o’qituvchi. 2017 yil 16-oktyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.

 

 

 

 

 

 

Mamatova Komila Baratovna, o’qituvchi. 2017 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi. (Ichki o’rindoshlik asosida 0,25 shtat birligida)

 

 

 

 

 

 

Turobov Bekpulot Nusratullaevich, o’qituvchi. 2017 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi. (Ichki o’rindoshlik asosida 0,25 shtat birligida)

 

 

 

 

 

 

Taniev Akmal Baxromovich, o’qituvchi. 2017 yil 2-sentyabrdan buyon Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi. (Ichki o’rindoshlik asosida 0,25 shtat birligida)

 

 

 

 

 

 

 

Kafedrada o’quv jarayonining tashkil qilinishi:

Joriy o‘quv yilidan MOODLE masofali o‘qitish tizimiga to‘liq o‘tilishi munosbati bilan barcha fanlardan masofali o‘quv kurslari har bir kafedra a’zosi tomonidan yaritilgan. Talabalarning mustaqil ta’lim tizimini takomillashtirishda masofali o‘qitish samarali natija bermoqda.

Kafedrada 2017-2018 o‘quv yili uchun tuzilgan ochiq dars o‘tish rejasiga muvofiq prof. R.T.SHodiyev “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan “Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy g‘oyaviy asoslari” , dots. M.J.Bozorov “Falsafa (etika, estetika, mantiq)” fanidan “Ahloqshunoslikning asosiy kategoriyalari,tamoyillari va me’yorlar”, dotsent O.M.Mo‘minova “Falsafa (etika,estetika,mantiq)” fanidan “Estetikaning asosiy kategoriyalari. Estetik faoliyat. San’at turlari”, f.f.n., katta o‘qituvchi S.S.Doliev “Sotsiologiya” fanidan “Sotsial munosabatlar” mavzusida ma’ruzalar o‘qidilar. Shuningdek, dotsent t.f.n. M.A.Xandamova, o‘qituvchilar SH.B.Suyunov, X.S.Ashurova, N.N.Mo‘minov, SH.S.Bozorov, I.A.Xamdamov, t.f.n., doshent SH.S.Ochilovalar rejaga asosan malaka oshirdilar, shu asosda kafedrada seminar-treninglar o‘tkazildi.

Kafedraning umumiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi «O‘zbekiston rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy va falsafiy muammolari» nomlanadi. Barcha professor- o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilingan.

Ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi:

Joriy yilda kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida, 3 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya, 1 ta risola ilmiy - amaliy konferensiyalarda jami 60 ta tezislar chop etildi. Shulardan 8 tasi xalqaro, 5 ta chet el ilmiy jurnalida, 40 dan ortig‘i respublika va 8 tasi OTMda tashkil etilgan ilmiy anjuman materiallarida chop etildi.

Quyidagi nashr qilingan monografiya, o‘quv-uslubiy, risola, ma’ruza matnlarini alohida ta’kidlash zarur:

1.Dotsent M.A. Xamdamova. “Судьба Гаухаршадбегим- царица матери”. Risola. M.Tursunova bilan xammmualiflikda. Toshkent.: “Fan”, 2017y. rus tilida nashr etildi.56 bet,

2. “Arrian Iskandarning xarbiy yurishlari”. Tarjima, so‘z boshi, izohlar va ko‘rsatgichlar mualliflari; A.Axmedov bilan xammualiflikda. Monografiya.T.: “O‘zbekiston”, 2017y.32 b.t.nashrga tayyorlandi.

3. F.f.n. D.T.Amridinova, kat.o‘qit. S.Sultonova. “Milliy g‘oya:asosiy tushuncha va tamoyillar” o‘quv-uslubiy qo‘llanma. AL va KHK talabalari uchun. Samarqand.: SamDCHTI, 2016 y. 6 b.t.

4. F.f.n. D.T.Amridinova. “Samarqand jadidchilik maktabi”. Monografiya. Toshkent.: “Navro‘z”, 2017 y. 8 b.t.

5. Dotsent O.M. Muminova, katta o‘qit. M.N.Melikova. « Роль и место духовности в обновлении и устойчивом развитии общества». O’quv-uslubiy qo‘llanma. Samarqand.: SamDCHTI, 2016 y. 8 b.t.

6. Dotsent O.M Muminova,  katta o‘qit. M.N.Melikova. “Логика” fani bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. Samarqand.: SamDCHTI, 2016 y. 9 b.t.

7. Dotsent M.Bozorov, S.Doliyevning “Sotsiologiya” fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand.: SamDCHTI, 2017 y. 8 b.t.

TASHKILIY USLUBIY ISHLAR:

Kafedra qoshida “Yosh notiqlar”,“Falsafiy-munozara” to’garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘’qituvchilariga biriktirilgan 36 nafar iqtidorli talaba o’z tadqiqot yo’nalishi va  mavzusi bo’yicha izlanishlar olib bormoqda.

O‘qituvchi SH.B.Suyunov rahbarligida Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida bo‘lib o‘tgan “Diniy ekstrimizm va Xalqaro terrorizmga qarshi kurash” mavzusida o‘tgan viktorinada Ingliz tili fakulteti 1- bosqich talabalari bilan faol ishtirok etdi.

SamDCHTI Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan mavzu bo‘yicha kafedraning yosh iqtidorli o‘qituvchilari SH.A.Indiaminova, X.S.Ashurova, SH.S.Bozorov va X.Boboqulova ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. 2017 o‘quv yilida yanvar, mart, aprel oylarida ilmiy seminarlar o‘tkazildi. Mustaqil izlanuvchilar uchun 2017 yil 23-iyunda O‘zMU professori Z.R.Qodirova ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR:

Kafedra prof-o’qituvchilari davlatimiz siyosatini ustuvor yo’nalishlarini Samarqand viloyati va tumanlar aholisida targ’ibot-tashviqot ishlari orqali yetkazib kelmoqdalar.

Kafedraning prof-o’qituvchilari muntazam ravishda “Talabalar turar joyi” da dolzarb mavzular bo’yicha davra suhbatlari, disput va uchrashuvlar o’tkazib kelmoqdalar.

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning PF 49-47- sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7-fevralda qabul qilgan farmoni kafedrada ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliy ahamiyatiga jiddiy e’tibor berish masalalarida dasturamal vazifasini bajarmoqda.

Tajribali professor–o‘qituvchilar prof.R.T.SHodiyev, dots. Bozorov M.B, dots. B.B.Raxmatov, dots. S.S. Doliev, dots. M.A. Xandamova, kat.o‘qit. S.YU.Sultonovalarning shu sohaga bag‘ishlangan chiqishlari tashkil etildi. Viloyatning Samarqand, Oqdaryo, Qo‘shrabot, Tayloq, Kattaqo‘rg‘on, Payariq tumanlarida kasb–hunar kolleji talabalari bilan ushbu mavzuga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar o‘tkazildi, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi dasturi, uning mohiyati haqida tushuncha berildi va maxsus kurslar o‘tkazildi.

ALOQALAR VA USLUBIY HAMKORLIKLAR:

Kafedra O’zbekiston Milliy Universiteti, Samarqand davlat Universiteti, O’zbekiston Jahon tillar Universiteti, Toshkent Moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Kafedraga “Tayloq tuman agrotadbirkorlik” KHK, “Samarqand tuman Agrosanoat” KHK, “Payariq tuman Yengilsanoat” KHK lari biriktirilgan. Ushbu kollejlar bilan 5 yillik va 1 yillik hamkorlik shartnomalari tuzilgan va ular asosida  ochiq darslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va seminar treninglar o’tkazib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik:

Katta o‘qituvchi A.N.Nizamov 2016 yilning 20 oktyabrdan 10 noyabrgacha, 2017 yilning 8 iyunidan 29 - iyunigacha Germaniyadagi Gumboldt nomidagi Universitetida bo‘lib professor-o‘qituvchilar va talabalarga va bir qator ma’ruza qildi va seminarlar o‘tkazdi.

2017 yilda 22 maydan 29 maygacha. Latviyaning Rezekne Texnologik Akademiyasida “IMEP: internationalization and modernisation of education and processes in the system of higher education in Uzbekistan” nomli xalqaro loyixa doirasida tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

Kafedrada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 18/75 sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari” to’g’risidagi qarorini bajarish maqsadida kafedra prof-o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Sosiologiya” kabi fanlarni chet tili (ingliz)da o’qitish tajribasi amalga oshirilmoqda. Kafedra a’zolaridan katta o’qituvchi A.N.Nizamov “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini, o’qituvchi N.N.Muminov “Sosiologiya” fanini ingliz filologiyasi fakulteti talabalariga ingliz tilida ma’ruza va seminarlar o’tkazmoqdalar.

Kafedra yangiliklari:

2017-2018 o’quv yili uchun fan ishchi dasturlari yangi adabiyotlar bilan boyitildi. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantitish bo’yicha harakatlar strategiyasi”ni o’rganish markazida “Yosh notiqlar”, “Falsafiy munozara” to`garaklarning tadbirlari reja asosida o‘tkaziladi.

Yosh o‘qituvchi SH.A.Indiaminovaning “Buyuk ipak yo’li” nomli kitobi chet davlatlar Xitoy, Koreyada ham nashr etildi (hammualliflikda)

“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantitish bo’yicha harakatlar strategiyasi” markazida yangi avlod adabiyotlar bilan boyitish jarayoni davom etmoqda.

Kafedra manzili: SamDCHTI bosh bino  1 qavat Ijtimoiy fanlar kafedrasi

chop etish