Bosh sahifa Institut Kafedralar

Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi


Kafedra mudiri:  Yusupova Shahnoza Abduxafizovna

Qabul vaqti: Chorshanba-Juma (14:00-16:00)

Telefon: (99891) 5582495

Elektron manzili: yusupova@samdchti.uz

 

 

 

Kafedra tarixi

Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2018 yil 25 oktabrdagi 3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 2018 yil 2-noyabrda kelishilgan “Samarqand davlat chet tillar institutining tashkiliy tuzilmasi”ga hamda institut Kengashining 2018yil 27 dekabrdagi 4-5-son bayonnomasiga asosan tashkil topgan.

Hozirgi kunda kafedrada Yusupova Sh.A. rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o’qituvchi, 2 nafar assistent- o`qituvchi, 2 nafar stajyor-o`qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A111401– Xorijiy til va adabiyoti

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • Tillar o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyasi

  • Boshlang’ich sinflarda chet tili o’qitish metodikasi

  • Asosiy o’rganilayotgan tili (maxsus yo’nalishlarda ingliz tilini o’qitish)

  • Asosiy o’rganilayotgan tili (Auditoriyani o’rganish)

  • Asosiy o’rganilayotgan tili (turli yoshlarga chet tilini o’qitish)

  • Asosiy o’rganilayotgan tili (ilmiy yozuv moduli)

  • Asosiy o’rganilayotgan tili ( til bo’yicha bilimlarni baholash)

  • Ommaviy axborot vositalari

Magistratura:

  • Ingliz tili o’qitish qiyosiy metodikasi Badiiy matn talqiniga pragmatik va kommunikativ yondashuv (maxsus kurs)

Kafedra professor-o’qituvchilari:

Yusupova Shaxnoza Abduhafizovna

Usmonov Muso Usmonovich

Petrosyan Nelya Valeryevna

Rahmatova Madina Sobirovna

Niyozova Dildora Furqatovna

Mardonova Sitora Mardonovna 

Nazarova Nurjahon Baxodirovna

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro’yxati:

  • Yusupova Sh.A. Психолингвистические особенности билингва” Учёный ХХI века, 2018 стр. 55-58

  • Petrosyan N.V. The Impact of Speech Disorders on the Mastery of the Foreign Language” Учёный ХХI века, 2018 57-59 c.

  • Petrosyan N.V. “ Сравнительный анализ некоторых диалектов”

(Великобританий- январь 2019)

  • Rahmatova M.S. “Cognitive-philosophical approach in studying semantics in quantity” (October 28.2018)

  • Rahmatova M.S. Scope academic house. 7thinternational conference

“Science and practice: A new level of Integration in the Modern world”

  • Niyozova D.F. Increasing motivation in teaching English

  • Nazarova N.B. New approaches of reading strategies

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

“Ingliz tili darslarida zamonaviy usullar va metodlar”.

Muddati: 3 yil

Ushbu ilmiy tadqiqotning ahamiyati ingliz tili o’qitish mazmuni, metodlari, vositalari, nutq faoliyati turlari va til materialini o’rgatish, chet til darsi, unirejalashtirish, darsliklar bilan ishlash, ingliz tili o’qitish jarayonini tashkil qilishni o’rganadi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Ikki tilli individning jamiyatda tutgan o’rni (Yusupova Sh.A.)

  • Сравнительный анализ некоторых диалектов(Великобританий- январь 2019

Петросян Н.В)

  • ”Impact of speech disorders on the mastery of the foreign language” (Учён. 21 века 2018 декабрьПетросянН.В)

  • “Cognitive-philosophical approach in studying semantics in quantity” (Rakhmatova M.S.

October 28.2018)

  • Scope academic house. 7thenternational conference

“Science and practice: A new level of Integration in the Modern world” (Rakhmatova M.S.)

Kafedrada har oyda 1 marta «Ingliz tili darslarida zamonaviy usullar va metodlar» nomli ilmiy seminar ish yuritadi.

Kafedrada olib borilayotgan hamkorlik aloqalari:

Akademik litsey bilan ishlash bo`yicha ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samarqand davlat chettillar instituti ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedraga Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litsey bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTM larga jalb qilish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovatsion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra filiallarining maqsadi professor-o'qituvchilar bilan ak ademik litsey o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, litseyda yangi laboratoriya jihozlarini ishlatishga amaliy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislikfanlaridan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabio'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berishdan iborat.

Kafedraga biriktirilgan akademik litsey bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fano'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi. 

Akademik litsey o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib beribkelinayapti hamda har yili yangi o'quv yiliga qabu lboshlanish oldidan "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etilib, litsey o'quvchilariga tushuntirish ishlari olib borilayapti. 

Kafedrag abiriktirilgan akademik litsey bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ish beruvchi korxona, tashkilot va qo'shma korxona rahbarlarining hamda viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuvlar o'tkazilib kelinmoqda. Uchrashuvda ish beruvchilarga bitiruvchilar to'g'risidagi taqdimot materiallari taqdim qilinadi. Kafedraga biriktirilgan akademik litsey kafedradan 1 nafar fan dotsent va yosh o'qituvchilar o'rindoshlik asosida ishga joylashgan.

Kafedramanzili:  Ingliztili –II fakultetibinosi, 2 -qavat.

chop etish