Bosh sahifa Institut Kafedralar

Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi


Kafedra mudiri: PhD. Oblokulova Mastura Mizrobovna

Telefon: (+99893) 727 43 39
Elektron manzili: oblokulova@samdchti.uz

 

 

 

 

 

 

Kafedra tarixi 
Mustaqillik hosilasi bo’lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O’zbekiston Resbublikasi  Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut  oliy va o’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi sohalariga hamda turizm infratuzilmasida yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shunindek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqiyosida e’tirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2018 yil 25 oktyabrdagi 3- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 2018 yil 2- noyabrda kelishilgan “Samarqand davlat chet tillar institutining tashkiliy tuzilmasi”ga hamda institut Kengashining 2019 yil 31 yanvardagi 89-sonli buyrug’iga asosan Ingliz tili fakulteti negizida Ingliz tili – II fakulteti tashkil etilgan. Shu munosabati bilan yangi “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi tashkil topgan va kafedra mudiri filologiya fanlari bo’yicha  Falsafa Doktori (PhD) Oblokulova Mastura Mizrobovna etib tayinlandi va hozirgi kunga qadar kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda. 


Kafedrada bakalavriat ta`lim yo`nalishi:
    • 5111400 - Xorijiy til va adabiyot
    • 5112200- Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)


Kafedrada o’qitiladigan fanlar
    • Til ko`nikmalari integratsiyasi
    • O`qish va yozish
    • Til aspektlari amaliyoti
    • Ingliz tili amaliy kursi
    • O`rganilayotgan til nazariy aspektlari (Nazariy grammatika)
    • Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi (Qiyosiy tipologiya)


 Kafedrada jami 14 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 12 nafari asosiy shtatda. Ularning 2 nafari ilmiy darajaga ega,  ikki nafar filologiya fanlari buyichа fаlsаfа doctori  faoliyat olib boradi.  

Kafedra  professor- o’qituvchilari:
    1. Oblokulova Mastura Mizrobovna – PhD. kafedra mudiri;
    2. Usmonov Farrux Musayevich –f.f.n., katta o’qituvchi;
    3. Nosirova Ra’no Azizovna – katta o’qituvchi;
    4. Dehqanova Dilnoza Toshpulatovna– katta o’qituvchi;
    5. Kudratov Laziz Farxodovich – assisent o’qituvchi;
    6. Narimova Guljahon Abdug’aniyevna– assisent o’qituvchi;
    7. Qurbonov  Jamol Bahodirovich– stajor  o’qituvchi;
    8. Rashidova Nargiza Normurodovna– stajor  o’qituvchi;
    9. Rustamova Adash Eshonkulovna– stajor o’qituvchi;
    10. Azimova Maxfuza Xasanovna– stajor o’qituvchi;
    11.  Isayev Sirojiddin Mamatkulovich– stajor o’qituvchi;
    12. Rustamova Gulshan O’tkirovna– stajor o’qituvchi;
    13.  Xalilova Yulduz Nasriddinovna – stajor o’qituvchi;
    14.  Rustamova Shoxista Sharipovna – stajor o’qituvchi;
 

Kafedra ilmiy ishlari
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan xorijiy jurnallar vа mahalliy jurnallarda  maqolalar chop qilingan. Kafedrada professor-o’qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda, mahalliy ilmiy nashrlarda (OAK ro’yxatiga kiritilgan) qator ilmiy maqolalar chop etishgan. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta monografiya chop etilgan.
      Oblokulova Mastura Mizrobovnaning «Дистрибутивно-функциональный анализ неличных форм глагола в структуре предложений и их синтаксико-семантические признаки в современном английском языке »  nomli monografiyasi  nashr etilgan.
 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasining o`qituvchilari kafedraning “Oliy ta`lim tizimini rivojlantirish jarayoniga integrallashgan yondashuv” deb nomlangan ilmiy yo`nalishi bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda 

chop etish