Bosh sahifa Institut Kafedralar

Ispan va italiyan tillari kafedrasi


Kafedra mudiri: Sharapova Lola Stanislavovna

 

Xizmat telefoni: +99891-523-5325

Elektron pochta manzili: ls.sharapova@mail.ru

 

 

 

Kafedra haqida umumiy ma’lumot:
            Kafedra 2014 yil sentyabr oyida tashkil topgan. Ispan va italyan tillari jamoasi o’z oldiga soha bo’yicha yetuk bakalavr  va magistrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini olib borishni asosiy maqsad qilib olgan.
Hozirgi paytda Ispan va italiyan tillari kafedrasi 1-2-3-4 kurs bakalavriat va 1-2 kurs magistratura yo’nalishlari bo’yicha italiyan tili va adabiyoti hamda ispan tili va adabiyoti fanining nazariy va amaliy aspektlarini olib boruvchi professor-o’qituvchilarni birlashtiradi.
  Kafedraning ilmiy salohiyatini va ilmiy-pedagogik faoliyatini dots. A.Begmatov va dots. A.A.Morozova hamda magistratura bo’limini tamomlagan yuqori malakali o’qituvchilar amalga oshiradilar.

Kafedra bo’yicha ta’lim yo’nalishlari 
-5120100-Filologiya va tillarni o’qitish (italyan tili)
-5120100-Filologiya va tillarni o’qitish (ispan tili)

Kafedra bo’yicha mutaxassisliklar:
5A120102– Lingvistika (italyan tili)
5A120102– Lingvistika (ispan tili)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Asosiy o‘rganilayotgan til 
  • Cohaga oid chet tili
  • Til ko‘nikmalari integratsiyasi
  • Til aspektlari amaliyoti 
  • O‘qish va yozish amaliyoti 
  • Integrallashgan kurs
  • Mamlakatshunoslik
  • Badiy asar o‘qish amaliyoti (tanlov fan)
  • O‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish (tanlov fan)
  • Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti
  • Stilistika va matn taxlili
  • CEFR talablari mazmuni   (tanlov fan)
  • Boshlang‘ich sinflarda chet tilini o‘qitish metodikasi (tanlov fan)
  • Zamonaviy lingvmstik tadqiqrd metodlari
  • Ilmiy matn yaratish amaliyoti (tanlov fan)
  • Qiyosiy tipologiya (tanlov fan)
  • O‘zbekiston tarixiy obidalari (tanlov fan)
  • Ikkinchi chet tili

Magistratura

  • Ilmiy va kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan chet tili 
  • Zamonaviy lingvistika


Kafedraning professor-o’qituvchilari:
Ispan tili va adabiyoti yo’nalishi professor-o’qituvchilari:
    • Morozova Anastasiya Aleksandrovna
    • Sharapova Lola Stanislavovna
    • Davurov Humoyun Shavkatovich
    • Mallaeva Muqaddas Asatullaevna
    • To’ychiyeva Mohichehra Jo’rabekovna
    • Abdullaeva Parvina Tolibjonovna
    • Tursunova Parvina Mamurjonovna
    • Hamdamova Farangiz Erkinovna
Italiyan tili va adabiyoti yo’nalishi professor-o’qituvchilari:
    • Hakimov Muhammadali Rafikovich
    • Sodiqova Bahora Maxmurovna
    • Xudoyqulov Behzod Abbosovich
    
Kafedrada o’quv jarayonining tashkil qilinishi:
       2014-2015 o’quv yilida mashg’ulotlar uchun qo’llaniladigan didaktik materiallarni yangilashga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirdi. O’qitish amaliyotida mamlakatimizda va chetda nashr etilgan kitob hamda elektron zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar kiritilgan. Kafedra o’qituvchilarining o’zlari ham italiyan va ispan tillari darsliklarining muallif va hammualliflari hisoblanadi. Xususan, A.A.Morozova o’zbekcha – ispancha o’quv lug’ati tayyorladi. Shuningdek o’qiyuvchilar B.Sodiqova,V.Qurbonova, M.Gulyamovalar “Italiyancha-o’zbekcha-ruscha tematik lug’at” tayyorladilar.

Ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi:

            Kafedraning bosh ilmiy-tadqiqod mavzusi “Ispan va italiyan tillarini o’qitishning yangi metodologik usullari” doirasida, hamda nafaqat ispan va italiyan tillari doirasida, balki ingliz va fransuz tillari misolida ham tilshunoslikning har xil qirralarini qamrab olgan holda kafedra mudiri dots. A.Begmatov va f.f.n, katta o’qituvchi A.A.Morozovalar rahbarligida ilmiy tadqiqod ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan dots. A.Begmatov xorijiy tillarni o’qitishda lingvodidaktik va kommunikativ metodlardan foydalanish ustida tadqiqod ishlarini olib bormoqda. Kafedra o’qituvchilari Grammatik kategoriyalarning nutqda voqeylanishi xususiyatlari , stilistik figura va troplarning matnda qo’llanilishi , hamda franko-ispan adabiyotining zamonaviy yo’nalishlari bilan bog’liq masalalarni o’rganmoqdalar.

 

Tashkiliy uslubiy ishlar:

Kafedra qoshida “Parliamo italiano” va “Yosh romanistlar” to’garaklari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘’qituvchilariga biriktirilgan iqtidorli talabalar o’z tadqiqot yo’nalishi va  mavzusi bo’yicha izlanishlar olib bormoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar:

Kafedraning prof-o’qituvchilari muntazam ravishda “Talabalar turar joyi” da dolzarb mavzular bo’yicha davra suhbatlari va uchrashuvlar o’tkazib kelmoqdalar.

Aloqalar va uslubiy hamkorliklar:

Kafedra ishlarining hamkorlik sohasi va turlari kengaytirilmoqda, mustahkm aloqalar o’rnatilmoqda:

O’zR O’z DJTU bilan chet tilini o’qitish bo’yicha tajriba almashish hamda ilmiy-tadqiqod faoliyatini amalga oshirish;

- Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi bilan Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi uchun materiallar tayyorlash bo’yicha;

- korporativ hamkorlik doirasida ispan va italiyan tillari kafedrasi Samarqand shahridagi san’at kolleji bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ushbu kollejlarda kafedra o’qituvchilari tomonidan doimiy tarzda ochiq dars, master-klass, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Kafedraning professor - o’qituvchilari tarkibi ushbu kollej chet tili o’qituvchilariga metodologik yordam ko’rsatmoqda.

           

Xalqaro hamkorlik:

Chet tilini o’qitishning ilg’or metodikasi bilan tanishish maqsadida bir necha marotaba kafedraning professor - o’qituvchilari tarkibining bir qismi Yevropa mamlakatlarining oliy o’quv markazlarida malaka oshirishni o’tab keldilar. Jumladan kafedra o’qituvchilaridan E.V.Klochkova va M.M.Rasulovalar 2014-2015 o’quv yilining bahorgi semestri (iyul,avgust,sentyabr) hisobidan Italiyada malaka oshirib qaytdilar.2016 – yil kafedra o’qituvchisi Hakimov M. Italiyaning Siena shahridagi xorijliklarni o’qitish universitetida iyul,avgust,sentyabr oylarida malaka oshirish kursini o’tab qaytdi.

Kafedra manzili: Roman-german tillari fakulteti 4 qavat.

chop etish