Bosh sahifa Institut Kafedralar

Jismoniy madaniyat kafedrasi


Kafedra mudiri:

Bo’riev Hamroqul Kormishovich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)

Telefon: (+99890) 502-12-69

Elektron manzili: khamroqul@umail.u

 

  

Fakultetlararo “Jismoniy madaniyat” kafedrasi 1996 yilda tashkil etilgan. Shu yil institutda ikkita kafedra tuzilgan bo’lib, birinchisi, keyinchalik 2005 yilda “Medisina va ekologiya” kafedrasiga aylantirilgan «Ekologiya, medisina va fuqaro xavfsizligi» kafedrasi va “Jismoniy tarbiya va sport” kafedralaridir.

2007 yilda ikkita kafedraning qo’shilishidan “Valeologiya asoslari va jismoniy tarbiya” kafedrasi tuzilib, 2011 yilda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi nomiga o’zgartirildi. 2013 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra “Jismoniy madaniyat va ekologiya” kafedrasi, 2015 йилда “Jismoniy madaniyat” kafedrasi deb qayta nomlandi.

Hozirgi vaqtda kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchilar, shu jumladan 2 nafar dosent, 2 nafar katta o’qituvchi faoliyat yuritmoqda.

O’z ish faoliyati davomida kafedramiz shahar, viloyat va respublika sport qo’mitalari tomonidan o’tkaziladigan barcha sport tadbirlarida qatnashib kelmoqda. SamDChTI sportchilari barcha “Universiada” larda, hamda halqaro musobaqalarda qatnashib kelmoqdalar. O’qish davrida bir qancha sport ustalari yetishib chiqdi: Inkachilova Meriko (shashka), halqaro sinfdagi sport ustalari aka-uka Damir va Zokir Subxankulovlar, badiiy gimnastika bo’yicha sport ustalari Savchenko Anna, Abdurasulova Kamila, Mustafina Yevgeniya, respublika miqyosidagi sovrindorlar va chempionlar Saydaminov Ruslan (kurash). Xalikulov Iskandar (sambo, dzyudo), Razzokov Jonibek (qo’l jangi), Nasriyeva Nasiba (shaxmat bo’yicha sport ustasi), Agadjanov Ruben (kumush medal), Primova Sitora (stol tennisi), Kurbanov Utkur (dzyudo va kurash bo’yicha halqaro sinfdagi sport ustasi, Pekindagi olimriada o’yinlari ishtirokchisi).

Har yili talabalr o’rtasida 15 turdagi musobaqalar o’tkaziladi, shu jumladan professor-o’qituvchilar o’rtasida 7 turda, TTJ dagi qavatlar o’rtasida 10 turdagi musobaqalar tashkil etilmoqda.

1996 yildan hozirgi vaqtgacha SamDChTI talaba-sportchilari OTMlar o’rtasida o’tkazilgan spartakiadalarida qatnashib, ikkinchi o’rindan pastga tushmagan, ba’zi sport turlarida birinchi o’rinni olishgan. Har yili o’tkaziladigan Samarqand shahridagi professor-o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan musobaqalarda 7 OTM o’rtasida har doim birinchi o’rinni egallab kelishmoqda. Respublika “Universiada”larida qatnashib, SamDChTI sportchilar medallarsiz qaytishmagan.

O’tgan 2016 yilda Fargona shahrida o’tkazilgan “Universiada” musobaqalarida 12 nafar talabamiz va 4 nafar o’qituvchimiz ishtirok etishdi. Bizning sportchilar sovrinli o’rinlarni egallashib, 1 ta medal bilan qaytishdi.

Olimpiya zaxiralari sport kolleji bizning kafedra qaramog’ida.

 

BAKALAVRIAT

  • Jismoniy madaniyat va sport

  • Hayot faoliyati xavfsizligi

  • Valeologiya asoslari

  • Yosh fiziologiya va gigiena

  • Ekologiya

KAFEDRA ILMIY YO’NALISHI:

SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

 

KAFEDRANING TASHKILIY-USLUBIY ISHLARI:

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan xar bir fandan rus va o‘zbek tillarida o‘quv uslubiy majmualar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, ma'ruzalar matni tayyorlandi va chop etildi. Ushbu majmualar elektron varianti talabalar foydalanishi uchun ARMga topshirildi.

 KAFEDRANING TASHQI ALOQALARI: 

1. SamDU, Biologiya fakulteti.

2. SamDAQI

3. SamDMI, Umumiy gigiena va ijtimoiy salomatlik kafedrasi

4. Tash.JTI

5. BuxDU, Jismoniy madaniyat fakulteti

6. Samarkand Olimpiya zahiralari sport kolleji 

KAFEDRADA SPORT TO’GARAGLARI faoliyat yuritadi. To’garaklarga har bir yo’nalish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari rahbarlik qiladi.

KAFEDRA PROFESSOR O’QITUVCHILARI

  1. Bo’riyev Hamroqul Qarmishevich kafedra mudiri, b.f.n., dotsent
  2. Ibragimov Rustem  Ibragimovich dotsent 
  3. Alimdjanova Dilbar Negmatovna katta o‘qituvchi 
  4. Jurayev Rahmatillo Mustafayevich katta o‘qituvchi
  5. Namaev To’lqin Yaxshiboyevich o‘qituvchi
  6. Umarov G’ayrat Do’stberdiyevich o‘qituvchi
  7. Normurodova Muzaffara Adhamovna o‘qituvchi
  8. Aliyev Baxtiyor Xujayorovich o‘qituvchi
  9. Samatov Javlon Abduqayimovich o’qituvchi stajyor
  10. Ro`ziqulov Ravshan Rahimovich o’qituvchi stajyor
  11. Mamirov Azim Xolmirzayevich o’qituvchi stajyor
  12. Karshiyev Jaxongir Abdirayimovich o’qituvchi stajyor
  13. Elmurodova Matluba Abdurahmonovna o’qituvchi stajyor
  14. Sohadinova Nargiza Sadikovna o’qituvchi stajyor
  15. Radjabova Surayyo Rustamovna o’qituvchi stajyor


Kafedra manzili: Bosh bino  1-qavat

chop etish