Bosh sahifa Institut Kafedralar

Nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Kafedra mudiri: Sodiqova N.G.

 

Telefon: +99890 601 00 20

Elektron manzili: nsodikova@samdchti.uz

 

 

 

Kafedra tarixi

Nemis filologiyasi kafedrasining tarixi SamDUda chet tillari fakulteti tashkil etilgan davrlarga borib taqaladi. Kafedra o`z faoliyatini 1994-yil Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etilgandan boshlab, nemis filologiyasi fakultetida davom ettira boshladi. Kafedrada ko`p yillar davomida mashhur germanist olimlar faoliyat ko`rsatishgan. Bular jumlasiga: prof. M.M.Nusharov, prof.M.Sh.Mamatov, prof.B.T.Tursunov, dots. G`.E.Ergashev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Rossiya ijodkorlar akademiyasining akademigi, prof. A.M.Bushuy va boshqalarni kiritish mumkin. Kafedra ilmiy faoliyati bo`yicha nafaqat institutda, balki Respublika miqiyosida ham yetakchi o`rinda turadi. O’tgan yillarda Nemis tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi ham tashkil topgan bo’lib, dastlabki paytlarda unda dots.X.S.Samadov, dots.X.S.Ibragimova, dots.K.N.Nomozov, dots.G’.I.Ergashev, prof.B.T.Tursunov, dots.O.I.Veydo, dots.K.A.Turniyozova, dots.X.Mirsaidova, R.M.Xusainova/Allayevalar faoliyat ko’rsatishgan. Kafedraga dots. X.S.Samadov, dots.X.S.Ibragimova, dots.K.N.Nomozov, dots.P.J.Nazarov, o’q.O.Jumayev, dots.B.Ya.Primovlar mudirlik qilishgan. 2014-2015 o’quv yilida nemis filologiyasi va nemis tili fonetikasi va grammatikasi kafedralari birlashtirilib yagona “Nemis filologiyasi” kafedrasi tashkil etildi. Hozirda kafedra „Nemis tili va adabiyoti“ deb nomlanib, bugungi kunda 2 ta fan doktori, professorlar, 3 ta fan nomzodlari, dotsentlar, 4 ta katta o’qituvchi, 6 ta stajor va 10 ta assistent o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda. Kafedra a’zolaridan prof. B.H.Rizayev, prof T.A.Bushuy kabi olimlar butun Respublikada taniqli, ularning ko`pchilik shogirdlari turli oliy o`quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Kafedra mutaxassislari nemis tili yo`nalishi bo`yicha har yili eng iqtidorli talabalarni turli konkurs va olimpiadalarga tayyorlashadi. Masalan, 2009-yil may oyida bo`lib o`tgan Respublika olimpiadasida 4-kurs talabasi Ulug`bek Jahongirov faxrli 3-o`rinni, 2013 yil Jahongirov Ruslan 2-o’rinni olib, faxriy yorliq va medallar bilan taqdirlanishdi. Har yili talabalarimiz Germaniyaning turli universitetlarida ta'lim olib qaytishmoqda. Respublika til olimpiadasining 2-bosqichida qatnashgan talabalarimiz esa muntazam 1,2,3-o'rinlarni egallab kelishmoqda. Lingvistika(nemis tili) yo'nalishi II kurs magistranti Odilova Matluba 2012-2013-o'quv yilida hamda 4 kurs talabasi Karim Jamshed 2017-2018 o'quv yilida O'zbekiton Respublikasi Prezidenti Stipendiyasi sovrindorlarii bo'ldilar. Kafedra qoshida "Lingvist" to'garagi tashkil etilgan. Nemis filologiyasi kafedrasida ko'plab magistr va doktorantlar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Kafedraning umumiy ilmiy yo'nalishi "Matn lingvistikasi va unga xos kategoriyalar" mavzusi hisoblanadi. Ilmiy-o'quv ishlari sohasida xorijlik hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda.. Kafedra quyidagi oily o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqlarini o‘rnatgan:

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan:

  1. Germaniyaning Frayburg universiteti prof. Aichim Auerenhammer

  2. Humboldt universiteti professorlari, turkolog olim Ingrid Balldauf, Ayfer Durdu

  3. Mainz universiteti professori Marion Grain

  4. Belarus’ davlar universiteti (Minsk) dots. Bolsunova Elena

  5. Brest davlat universiteti (Belarus’) dots. Finchuk Lyudmila.

Respublika OTM:

  1. Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlari xorijiy tillar kafedralari bilan

  2. Andijon davlat universiteti (prof. M. E. Umarxodjaev) nemis tili va adabiyoti kafedrasi

  3. Namangan davlat universiteti dots. Z. Sodiqov (nemis tili va adbiyoti kafedrasi)

  4. O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti dots. S. Ya. Abdullaeva (nemis tili va adbabiyoti)

  5. Urganch davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi prof. A. Djumaniyzov

  6. Buxoro davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi M. Jo‘raeva

  7. Qoraqalpoq davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘q. D. Berdimuratov

Hozirga qadar quyidagilar kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko'rsatishgan (nemis tili nazariy va amaliy fanlar kafedrasi): Sobirova O.B., Mamatov M.Sh., Rizayev B.H., Ergashev G'.E., Sattorov R. T., Primov B. Ya., Tursunov B.T., Elmurodov N., dots. M.B.Begmatov. Hozirgi kunda nemis filologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida katta o’qituvchi N.G.Sodiqova faoliyat olib bormoqda.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:      

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120100 –Lingvistika (nemis tili)

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat: (kunduzgi)

  • Asosiy o‘rganilayotgan chet tili

  • Ikkinchi chet tili (nemis tili)

  • Leksik-grammatik tahlil asoslari

  • Sohaga oid xorijiy til

  • Mamlakatshunoslik

  • Til ko‘nikmalari integratsiyasi

  • O‘qish va yozish amaliyoti

  • CHet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi

  • Til aspektlari amaliyoti

  • O‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish

  • Badiiy asar o‘qish amaliyoti

  • Matn tahlili

  • Xorijiy tilni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish

  • Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti

  • O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari

  • Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari

  • Tarjimonlik xizmati va nutq madaniyati

  • Zamonaviy lingvistik tadqiqot metodlari

  • CEFR talablari mazmuni va baholash asoslari

  • Badiiy asar o‘qish amaliyoti

  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti

  • Qiyosiy tipologiya

  • Boshlang‘ich sinflarda chet tilini o‘qitish metodikasi

  • Ilmiy matn yaratish amaliyoti

  • O‘zbekiston tarixiy obidalari

 

Bakalavriat: (kechki)

  • Xorijiy til (ikkinchi chet tili) nemis

 

Magistratura:

  • Asosiy chet tili

  • Amaliy xorijiy til (nemis tili)

  • Zamonaviy lingvistika

  • Matn lingvistikasi

  • Lingvistik tahlil metodlari

  • Ilmiy va kasbiy faoliyatiga yo‘naltirilgan chet tili

  • Qiyosiy tilshunoslik

  • Nazariy grammatikaning dolzarb muammolari

  • CHet tili darslarini CEFR talablari asosida rejalashtirish

  • Frazeologiyaning dolzarb masalalari

  • Nemis tili aspektologiyasi muammolari

  • Zamonaviy lingvistika

  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

Kafedra professor-o’qituvchilari:

  1. Sodikova Nazokat Gaforovna - kafedra mudiri, katta o‘qituvchi

  2. Rizaev Bahodir Haydarovich - f.f.d., professor

  3. Begmatov Muxtor Begmatovich - f.f.n., dotsent

  4. Tatyana Bushuy Anatolevna - f.f.d., professor

  5. Primov Bahodir YArashovich - f.f.n., dotsent v.v.b.

  6. Yaxshiev Ashur Abdievich - f.f.n., dotsent

  7. Shoimov Amriddin SHodmonovich - assistent o‘qituvchi

  8. Kuchiev Malik Abdumannonovich - assistent o‘qituvchi

  9. Azimqulova Gulnoza Aslamovna - katta o‘qituvchi

  10. Jabborov Abdug‘afur Abdug‘anievich - assistent o‘qituvchi

  11. Azimova Nazifa SHavkatovna - katta o‘qituvchi

  12. Tursunov Axmad Amirovich - stajyor o‘qituvchi

  13. Begmatov Quvonchbek Muxtorovich - stajyor o‘qituvchi

  14. Galiullov Marat Anvarovich - assistent o‘qituvchi

  15. Sattorov O‘tkir O‘rozalievich - assistent o‘qituvchi

  16. Berdialiev Bahodir Nazarovich - stajyor o‘qituvchi

  17. Namozova Nazira Yarkulovna - assistent o‘qituvchi

  18. Risaeva Oksana Maratovna - stajyor o‘qituvchi

  19. Azizqulova Shaxnoza Urinovna - assistent o‘qituvchi

  20. Jumaev Orif Qilichboevich - katta o‘qituvchi

  21. Sherova Dilfuza Boltaevna - assistent o‘qituvchi

  22. Masariddinova Ra’no Hamidovna - assistent o‘qituvchi

  23. Jo‘raqulov Abror Raufovich - assistent o‘qituvchi

  24. Pirimqulova Sadoqat Shodmonovna - stajyor o‘qituvchi

  25. Mamasoliev Ikrom Ubaydullaevich - stajyor o‘qituvchi

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar:

1

Dars jarayonida ishlatiladigan nemischa, inglizcha, o’zbekcha so’z va iboralar

 

Jabborov S.J.

 

O’quv-uslubiy qo’llanma

 

120 b

 

100

 

2017-yil, may

2

Сочетания с функциональными глаголами в современном немецком языке

 

Risayeva O.M.

 

O’quv-uslubiy qo’llanma

 

45 b

 

200

 

2017-yil, dekabr

3

Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar va chet tillarni o’qitish didaktikasi

Begmatov M.B. (mas’ul muharrir)

Respublika ilmiy-amaliy anjuman materuallari

300 b

50

2017-yil, aprel

4

Germaniya ta’lim tizimi

Begmatov M.B.

O’quv-uslubiy qo’llanma

40 b

50

2017-yil, may

5

Nemis tilidan og’zaki nutqni o’stirish

Sodikova N.G., Begmatov Q. M.

O’quv-uslubiy qo’llanma

40 b

50

2017-yil, sentyabr

6

“Zeitungen im Deutschenterricht”.

Begmatov M.B.

 

O’quv-uslubiy qo’llanma

40 b

50

2017-yil

 

7

Deutsch als Fremdsprache für den Studenten des 2. Studienjahres

Sherova D.B.

 

O’quv-uslubiy qo’llanma

80 b

20

2018-yil, may

 

Kafedrada olib borilayotgan hamkorlik aloqalari:

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha nemis tili va adabiyoti kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedraga biriktirilgan Pastdarg’om pedagogika va sport kolleji bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTM larga jalb qilish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovatsion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Kafedra qoshidagi kasb-hunar kollejlarida kafedraning filiallari tashkil etilgan.

Kafedra filiallarining maqsadi professor-o'qituvchilar bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, kollejlarda mutaxassislik fanlari o'qituvchilariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, kollejlarda yangi laboratoriya jihozlarini ishlatishga amaliy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlaridan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berishdan iborat.

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fan o'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi. 

Kasb-hunar kolleji o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berib kelinayapti hamda har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etilib, litsey va kollej o'quvchilariga tushuntirish ishlari olib borilayapti. 

Kafedra manzili: Roman-german tillari fakulteti 7-qavat 71-xona

chop etish