Bosh sahifa Institut Kafedralar

Pedagogika va psixologiya kafedrasi


Kafedra mudiri. Saidov Azamat Ismoilovich

Pedagogika fanlari  nomzodi.

Telefon: (+99897) 306 29 80

Elektron manzil: azamat0469@mail.ru

 

 

 

KAFEDRA TARIXI

Institut faoliyati davrida faqat mutaxassislik fanlari emas, balki gumanitar fanlarga ham katta e’tibor berildi.

2004 yilda institutda pedagogika va psixologiya kafedrasi tashkil etildi. Shu davrda bu kafedrada dots. D.R.Ortiqov, prof. O’.Otavaliyeva, p.f.d., prof. M.Maxmudova, p.f.n., dots. E.A.Iskandarov, p.f.n., dots. A.I.Saidov, b.f.n., dots. H.Q.Bo’riyev, p.f.n., dots. F.B.Narziqulovalar o’zlarining ilmiy ishlari bilan pedagogika va psixologiya yo’nalishining rivojiga katta hissa qo’shishdi.

Professor O’.Otavaliyevaning o’nlab o’quv qo’llanmalari, yuzlab ilmiy maqolalari va o’nlab uslubiy tavsiyalari talabalarning pedagogik-psixologik bilimlarini talab darajasiga ko’tarish va kasbiy tayyorgarliklarida beqiyos rol o’ynadi.

Ushbu ilmiy ishlarda pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari, yechilishi kutayotgan masalalar yoritilgan.

O’g’iloy opaning ilmiy maqolalari Nyu-York, Bolgariya, Moskva, Ukraina kabi davlatlarning nufuzli nashrlarida chop etilgan.

O’.Otavaliyeva Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “Pedagogika-psixologiya fanlari bo’yicha o’quv uslubiy kengashi” a’zosi (1973-1985), maktabgacha ta’lim tarbiya bo’yicha o’quv-uslubiy kengash a’zosi (1985-1995), O’zbekistonda ”Pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi Kengash” a’zosi (1984-1990), AQShning Nyu-York shahridagi xalqaro psixologlar jamiyatining “Inson munosabatlar” (1988) va Germaniyaning Myunxen shahridagi “Inson shaxsining rivojlanishi ”Yevropa Ilmiy tadqiqiot labaratoriyasi (1989 yildan buyon) ning a’zosi bo’lib faoliyat ko’rsatgan olimadir.

Ustozning sobiq o’quvchilari va talabalaridan 10 nafari fan doktori, 20 nafari fan nomzodi darajasiga erishganligi tahsinga sazovor.

Pedagogika faniga katta hissa qo’shgan olimalardan yana biri, kafedra professori pedagogika fanlari doktori M.Maxmudovadir.

M.Maxmudova 17-yildan buyon shu institutda kafedra mudiri, fakultet dekani va ilmiy-ishlar bo’yicha prorektor lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi.

M.Maxmudova tomonidan ikkita darslik bitta monografiya 8 o’quv-metodik qo’llanma 90 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

M.Maxmudova ikkinchi sinf o’qish kitobi va OTMlar uchun yaratilgan “Didaktika”darsliklarining mualliflaridan biri.

2002 yil “Fan” nashriyotida chop etilgan “Xalq pedagogikasi asosida talaba yoshlarni oilaga tayyorlash nomli o’quv qo’llanmasida yoshlarni oilaga tayyorlashda xalq pedagogikasining o’rni, roli va ahamiyati oila mustahkamligi uchun zaruriy-tarbiyaviy omil va vositalar tahlil asosida tadqiq qilingan.

M.Maxmudovaning “Xalq pedagogikasi mazmuni asosida talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasiga talaba yoshlarni xalq pedagogikasi mazmuni asosida oilaviy hayotga tayyorlash metodlari, konsepsiyasi, dasturlari va tizimi ishlab chiqildi va pedagogika fani istemoliga kiritildi.

Institutda pedagogika va psixologiyaga oid ilmiy-tadqiqot ishlari “Xorijiy tillarini o’qitish, ta’limni va uni boshqarishni takomillashtirishning pedagogik, psixologik masalalari” nomli mavzu doirasida olib borilmoqda.

Pedagogika va psixologiya faniga katta hissa qo’shgan olimlardan yana biri, kafedra dotsenti A.Saidovdir.

A.Saidov bir nectha o’quv qo’llanma, monografiya, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hamdir. Interfaol ta’lim metodlarining psixologik asoslari. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida tarbiya buzilishi va uni oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari. Etnopsixologik xususiyatlarni shakllantiruvchi omillar. Konfliktlar psixologiyasi nomli o’quv-uslubiy qo’llanmalarining muallifidir.

Pedagogika faniga katta hissa qo’shgan olimlardan yana biri, kafedra dotsenti B.Q.Bo’riyevdir.

H.Q.Bo’riyev bir necha o’quv qo’llanma, monografiya, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 90 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hamdir. Jumladan, “Pedagogika bilim yurtlarida pedagogik amaliyot” nomli o’quv-uslubiy qo’llanmasi, “O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan Samarqand viloyatida uchraydigan o’simlik va hayvon turlari” monografiyasi, “Kasb- hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun uslubiy qo’llanma” nomli hamda “Bir tomchi suv-ekologik muammo” o’quv-uslubiy qo’llanmalarini chop ettirgan. 

Kafedra o’qituvchisi M.Nurmatova “Ochiq axborot tizimlarida axborot psixologik xavfsizlik”, ”Shaxsning individual psixologik xususiyatlari” nomli o’quv-uslubiy qo’llanmalarining muallifidir. Respublika va xalqaro miqyosidagi anjumanlarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar bilan ishtirok etgan.

Hozirgi paytda kafedraga p.f.n., dots. A.I.Saidov rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi paytda kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchilar o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.  Shulardan, 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodlari, 6 nafar katta o’qtuvchi va 8 nafar o’qituvchilar faoliyat olib borayaptilar. 

 Kafedramiz ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishi belgilangan bo’lib, uning mavzusi “Xorijiy tillarni o’qitish, ta’limni boshqarishni takomillashtirishning pedagogik, psixologik asoslari” deb nomlangan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

         * 5120100– Filologiya va tillarni o’qitish( tillar bo’yicha)

         * 5120200 - Tarjima nazariyasi (ingliz tili)

         * 5111400- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

*5А120102 – Ligvistik tilshunoslik (tillar bo’yicha)

* 5A120201 –Qiyosiy tilshunoslik, Lingvistik tilshunoslik (tillar bo’yicha)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

Umumiy pedagogika

Pedagogika. psixologiya

Umumiy psixologiya

Ochiq axborot tizimlarida axborot psixologik xavfsizlik

Shaxs rivojlanishining psixologik va pedagogic tashxisi

Magistratura:

Xorijiy tillarni o`qitishning pelagogik-psixologik omillari

 

Kafedra faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilari:

  • Saidov Azamat Ismoilovich –kafedra mudiri, dotsent, p.f.n.

  • Iskandarov Ermat Alimkulovich- dotsent, psix.f.n.

  • Maxmudova Muyassar – professor, p.f.d.

  • Buriyev Hamroqul Kormishovich – dotsent, b.f.n.

  • Narziqulova Feruza Botirovna – dotsent, p.f.n.

  • Yuldasheva Saida Tashkulovna – dotsent, p.f.n.

  • Xalikov Mirzo Bazarovich – katta o’qituvchi

  • Daminova Nigora Kudratovna– katta o’qituvchi

  • O’sarova Laylo Ibragimovna – o’qituvchi

  • Nurmatova Mamlakatxon Ximmatovna – katta o’qituvchi

  • Gadjiyeva Madina Usmanovna – o’qituvchi

  • Jumanov Sherzod Saloyevich  – o’qituvchi

  • Begmatova Dilnoza Muxtarovna – katta o’qituvchi

  • Shodiyeva Sohiba Rustamovna – o’qituvchi

  • Pulatova Farida Azamovna – o’qituvchi

  • Karimova Nargiza Mamatkadirovna – o’qituvchi

  • Sharopov Berdinazar Zayniyevich – katta o’qituvchi

  • Yadgorova Ozoda- o’qituvchi

  • Esonboev Qahramon- o’qituvchi

  • Najieva Sojida Nasirdinovna- o’qituvchi


 

Kafedrada o’quv jarayonining tashkil qilinishi:

Joriy o‘quv yilidan MOODLE masofali o‘qitish tizimiga to‘liq o‘tilishi munosbati bilan barcha fanlardan masofali o‘quv kurslari har bir kafedra a’zosi tomonidan yaritilgan. Talabalarning mustaqil ta’lim tizimini takomillashtirishda masofali o‘qitish samarali natija bermoqda.

Kafedra manzili: SamDCHTI bosh bino  1-qavat Ijtimoiy fanlar kafedrasi

chop etish