Bosh sahifa Institut Kafedralar

Uzoq sharq tillari kafedrasi


Kafedra mudiri: Turaeva Dilfuza Saloxitdinovna

Telefon: +99893-333-90-61

Email: dilfuzats@gmail.com

 

 

 

 

Kafedra tarixi

“Sharq tillari” kafedrasi 2001 yil sentyabr oyida tashkil etildi. 2018 yilning sentyabr oyidan “Uzoq sharq tillari” kafedrasi deb nomlandi. Kafedraning o’quv-pedagogik yuklamasi 20917 soatdan iborat. Kafedra Koreya Respublikasi, Yaponiya hukumatining qator OTMlari bilan xalqaro ilmiy aloqalar o’rnatishga erishdi. Jumladan, Seul Milliy Universiteti, Chonnam davlat universiteti, Chongju davlat universiteti, Sun Moon universiteti, Cheju universiteti, Kyong Sang universiteti, shuningdek, Koreya Respublikasining xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi, Toshkent shahridagi Koreya Respublikasining ta’lim markazi, Yaponyaning Shinshu Universiteti, Tsukuba Universiteti, Hokkaido Gakuin bilim yurti, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi bilan ilmiy, uslubiy, korporativ hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Har o’quv yilida mazkur hamkorlik agentliklaridan ko’ngilli mutaxassis o’qituvchilar koreys tili, yapon tili ta’lim yo’nalishlari talabalariga asosiy o’rganilayotgan tilning nazariy va amaliy mashg’ulotlaridan saboq berishmoqda.

Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi hamda xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi tashabbusi bilan 2010 yil, sentyabr oyida SamDChTIda “Koreys tili va madaniyati” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz mazkur tashkilotlar tomonidan kompyuter jamlanmalari, darsliklar, o’quv uslubiy qo’llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. 2018 yilda ushbu markaz KOICA o’qituvchisi KangYol yordami bilan qayta ta’mirlandi. Kafedra tashkil topgan kundan boshlab Koreya Respublikasining qator oliy ta’lim muassasalari bilan o’rnatilgan shartnomalar asosida talabalar almashinuv loyihasi yo’lga qo’yildi. Talabalardan Absalamov M., Abdurahmonov J.lar (Cheju davlat universiteti), Umarov B.,Mirzaev Sh. (Chonbuk universiteti), shuningdek, Koreya Respublikasining Hanguk universitetidan 10 nafar talabalar ta’til davrida “O’zbek tili va madaniyati” kurslarida qatnashishdi. Kafedra professor-o’qituvchilaridan Sh.Sh. Bazarovalar (Koryo universitetida), D.U.Baxranova, M.A.Baymatova (Kyung Hi universitetida), Sh.Eshimova, D.Turaevalar (Sogang universitetida) M.A.Baymatova, Sh.R.Norqulovalar (Hallym universitetida), D.Turaeva (Pay Chay universiteti va Ewha women’s universitetlarida), shuningdek yapon yo’nalishi o’qituvchilaridan F.M.Lutfilloeva (Yaponiya fondi qoshidagi Yapon tilini o’rgatish markazida), D.Juramurodov (Tsukuba universitetida) o’z malakalarini oshirib qaytishdi. Kafedra tashkil etilgan kundan beri professor-o’qituvchilar “Markaziy Osiyoda koreys tili va koreyashunoslik” nomli xalqaro ilmiy anjumanda o’z maqolalari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

5A 120102-Lingvistika: (koreys tili) mutaxassisligi bo’yicha mutaxassilik fanlari blokidagi nazariy va amaliy fanlar asosan, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilmoqda. O’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar tayyorlanib, dars mashg’ulotlariga joriy etilmoqda. Magistrantlar tanlangan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida izlanishlar olib borishmoqda. 

“Uzoq sharq tillari” kafedrasi kesimida “Koreyscha so’zlashamiz”, “Yapon tili va adabiyoti” tashkil etilgan ilmiy to’garaklarning iqtidorli talabalari Samarqand shahrida o’tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallarida tarjimon sifatida faol ishtirok etishmoqda. Shuningdek har yili SongGyunGvan universiteti tomonidan o’tkazib kelinayotgan “ Xalqaro insholar tanlovi”da koreys tili ta’limi yo’nalishi talabalari faol qatnashib kelishmoqda.

Har o’quv yilida koreys va yapon tillari ta’lim yo’nalishlari talabalari hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan «Koreys madaniyati kuni», «Yapon madaniyati kuni», «Notiqlik san’ati» kabi ma’naviy-madaniy tadbirlar o’tkazib kelinadi. Bu talabalarning og’zaki va yozma nutq amaliyoti ko’nikmalariga erishishlarida amaliy ko’mak vazifasini o’tab kelmoqda. Kafedra kesimida tashkil etilgan «Koreys milliy cholg’u asboblari-Samolnori» badiiy to’garagi faoliyat yuritadi. To’garaklarda ishtirok etayotgan iqtidorli talabalar institut, shahar, viloyat, Respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda, jumladan «Navro’z» umumxalq bayramida, «Mustaqillik» tantanalarida, «Madaniyat kunlari» marosimlarida faol ishtirok etishmoqda.

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

“Uzoq sharq tillari” kafedrasining prof.-o’qituvchilari kafedraning «Sharq tillarining nazariy va amaliy masalalari» deb nomlangan ilmiy yo’nalishi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. O’zMU, O’zDJTU, ToshDShI, Nizomiy nomidagi TDPUda shuningdek, Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi ta’lim markazi, Seul Milliy Universiteti, Chonnam, Cheju, Dongkuk, Hanbat, Pusan Milliy Universitetlari hamda Chungbu, Chunbuk Davlat Universitetlari (Janubiy Koreya), Xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi, Tsukuba Universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilib, unda Uzoq sharq tillari kafedrasi professor-o’qituvchilari o’z ilmiy maqolalari, tezislari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Uzoq sharq tillari kafedrasida professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo’lib, rejaning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi natijasi o’laroq kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ayni paytda turli nufuzli ilmiy jurnallar va anjumanlarda ko’plab ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Tasdiqlanlangan reja doirasida kafedradagi ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida bir qator yosh o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2011-2018 yillar davomida SamDChTI va Koreya Respublikasining o’quv-ilmiy markazlari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida kafedraning bir qator professor-o’qituvchilari ushbu xorijiy o’quv-ilmiy markazlarida o’z malakalarini oshirib qaytdilar.

Uzoq sharq tillari kafedrasida 2011-2018 yillar davomida Koreya Respublikasidan 15dan ortiq malakali xorijiy mutaxassislar faoliyat ko’rsatgan bo’lib, ularning barchasi koreys tilini o’qitish huquqini beradigan xalqaro sertifikatlar asosida dars berib kelishgan. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar koreyalik mutaxassis faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari

2018-2019 yil Uzoq Sharq Tillari kafedrasi professor-o’qituvchilarining ro’yxati

Professor-o’qituvchilarning ismi-sharifi

Lavozimi

Shtat birligi

1

To’raeva Dilfuza Salohiddinovna

O’qituvchi-assistent

1,25

2

Rahimov Ahmadjon Sultonovich

F.f.n., dotsent

1,25

3

Sanaqulov Usmon Subxonovich

F.f.d., prof.

0,5( tashqi o’rindosh)

4

Safarov Shaxriyor Safarovich

F.f.d., prof.

0,5( ichki o‘rindosh)

5

Kim Nataliya Dek-xenovna

F.f.n., dots.

0,25(tash. o‘rindosh)

6

Mamatqulova Xolida Axtamovna

F.f.n., kat.o‘qit.

1

7

Shukurova Zilola Sodikovna

Katta - o‘qituvchi

1

8

Bazarova Shaxlo Shuhratovna

O’qituvchi - assistent

1,25

9

Bayonxonova Iroda Furkatovna

O’qituvchi - assistent

0,75

10

Baxranova Dilnoza Usmonqulovna

O’qituvchii - assistent

1

11

Eshimova Sharofat Kenjaboevna

O’qituvchi - assistent

1,25

12

To’raqulova Sitora Fazliddinovna

O’qituvchi – stajyor

1

13

Tillaeva Rushana Ashurovna

O’qituvchi – stajyor

1

14

Kadirova Feruza Tursunmuratovna

O’qituvchi – stajyor

0,5

15

G’anieva Dildora Nabievna

O’qituvchi – stajyor

1,25

16

Abrorova Nilufar Farxodovna

O‘qituvchi – stajyor

0,25(magistr)

17

Alimova Dilbar Amriddinovna

O‘qituvchi – stajyor

0,25(magistr)

18

Amonova Dilafruz Shaxriyorovna

O‘qituvchi – stajyor

0,25(magistr)

19

Murodova Vazira Botirovna

O‘qituvchi – stajyor

0,25(magistr)

20

Achilova Ozoda Farxadovna

Katta-o‘qituvchi

1,25

21

Lutfulloeva Faxriniso Maxmudovna

O‘qituvchi - assistent

1

22

Jo‘ramurodov Doston G‘aybulloevich

O‘qituvchi – stajyor

1,25

23

Radjabov Diyor Raxmonberdievich

O‘qituvchi – stajyor

0,5(magistr)

24

Solieva Mubina Raxmatovna

O‘qituvchi – stajyor

0,5(magistr)

25

Amanullava Kamola Muminovna

O‘qituvchi - assistent

0,25

26

Rashidova Kamila

O‘qituvchi – stajyor

1

27

Abdullaev Tursunpulot Xusenovich

O‘qituvchi – stajyor

0,25(magistr)

28

Qodirova Shaxnoza Abduraxmonovna

O‘qituvchi – stajyor

0,25(magistr)

29

Rashidova Manzura Baxtiyorovna

O‘qituvchi – stajyor

0,25(magistr)

30

Kim Hi Su

Ko’ngilli o’qituvchi

0,25

31

Jamal Nasutiyon

Ko’ngilli o’qituvchi

0,25

32

Xudoyberdieva Shaxnoza Mansurovna

Kabinet mudiri

1

Kafedraning deyarli barcha o’qituvchilari ham xalqaro sertifikatga ega.

 

Uzoq Sharq tillari kafedrasida 2018-2019 o’quv yilida koreys tili yo’nalishida o’qitiladigan fanlar ro’yxati

1- kurs talabalari uchun

1. Xorijiy til (ikkinchi chet tili) koreys tili

2. Asosiy sharq tili

3. Koreys tilining fonetik sistemasi (tanlov fan)

4. Koreys tilining amaliy grammatikasi (tanlov fan)

2- kurs talabalari uchun

1. Ikkinchi chet tili (koreys tili)

2. Ilmiy ish asoslari (annotatsiya, referatlash, interpretatsiya)

3. Mamlakatshunoslik

4. Asosiy sharq tili

5. Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti

6. Asosiy sharq tili filologiyasiga kirish

7. Asosiy sharq tili leksikologiyasi

8. Qo‘shimcha sharq tili (koreys tili)

9. Amaliy grammatika (tanlov fan)

10. Xorijiy til (ikkinchi chet tili) koreys tili


 

3- kurs talabalari uchun

1. Chet tili (ikkinchi chet tili) (koreys)

2. Asosiy sharq tili

3. Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti

4. Sharq tillarini o‘qitish metodikasi

5. Stilistika va matn tahlili (tanlov fan)

6. Leksikologiya (tanlov fan)

7. Asosiy sharq tili va o‘zbek (rus) tillari qiyosiy grammatikasi

8. Qo‘shimcha sharq tili (koreys tili)

9. Chet tili (til aspektlari amaliyoti) (tanlov fan)

4 -kurs talabalari uchun

1. Asosiy o‘rganilayotgan til

2. Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti

3. CEFR talablari mazmuni va baholash asoslari (tanlov fan)

4. Asosiy o‘rganilayotgan til nazariy grammatikasi

5. Qo‘shimcha sharq tili (koreys tili)

Magistratura 1-kurs talabalari uchun

1. Mutaxassislikning nazariy masalalari

2. Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot tahlili

3. O‘rganilayotgan til stilistikasi

4. O‘rganilayotgan til tarixi

5. Koreys tilining grammatik va sintaktik qurilishi (tanlov fan)

6. Koreys tili kelishiklari tizimi

7. Lingvistik tadqiqotlar metodologiyasi

8. Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari


 

Magistratura 2- kurs talabalari uchun

1. Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot tahlili

2. O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati va siyosati

3. O‘rganilayotgan til stilistikasi

4. Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari

5. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (tanlov fan)


 

Uzoq Sharq tillari kafedrasida 2018-2019 oquv yilida yapon tili yonalishida oqitiladigan fanlar royxati

1- kurs talabalari uchun

1. Asosiy sharq tili

2. Yapon tilining fonetik sistemasi (tanlov fan)

3. Yapon tilining amaliy grammatikasi (tanlov fan)

2- kurs talabalari uchun

1. Ilmiy ish asoslari (annotatsiya, referatlash, interpretatsiya)

2. Mamlakatshunoslik

3. Asosiy sharq tili

4. Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti

5. Asosiy sharq tili filologiyasiga kirish

6. Asosiy sharq tili leksikologiyasi

7. Amaliy grammatika (tanlov fan)

3- kurs talabalari uchun

1. Asosiy sharq tili

2. Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti

3. Sharq tillarini o‘qitish metodikasi

4. Stilistika va matn tahlili (tanlov fan)

5. Leksikologiya (tanlov fan)

6. Asosiy sharq tili va o‘zbek (rus) tillari qiyosiy grammatikasi

7. Chet tili (til aspektlari amaliyoti) (tanlov fan)

8. Ikkinchi chet tili (yapon tili)

4 -kurs talabalari uchun

1. Asosiy o‘rganilayotgan til

2. Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti

3. CEFR talablari mazmuni va baholash asoslari (tanlov fan)

4. Asosiy o‘rganilayotgan til nazariy grammatikasi

5. Qo‘shimcha sharq tili (yapon tili)

6. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (yapon tili)

Magistratura 1-kurs talabalari uchun

1. Matn tarjimasi va tahriri

2. Sharq mamlakatlari sotsiolingvistikasi

3. Yapon tilining grammatik va sintaktik qurilishi (tanlov fan)

Magistratura 2- kurs talabalari uchun

1. Sharq mamlakatlari sotsiolingvistikasi

2. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (tanlov fan)

chop etish