Bosh sahifa Abiturient Magistratura

Eslatma


Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:


— magistratura mutaxassisligi  ko‘rsatilgan xolda, oliy ta’lim mutaxassisligi rektori nomiga ariza;


— oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muossalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun )  hamda unga ilova;


— chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar ) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda);

Abiturient tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga  aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar mavjud bo‘lgan holda qabul komissiyasi  abituriyent qabul qilishni inkor etish huquqiga ega emas. Fuqarolar magistratura bo‘yicha ikkinchi va keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar(magistratura to‘g‘risidagi nizomining 1-bo‘lim 5-bandi).

Abituriyentlar  imtihonlar o‘tkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha faqat pasporti bilan kiritiladi. 

Imtihon boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi. Abituriyent tamonidan mikrokalkulyator, lug‘at, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishi va foydalanishi qat’iy man etiladi.

chop etish