Bosh sahifa Faoliyat Moliyaviy-faoliyat

Yosh mutaxasislarni ishga joylashtirish


Samarqand davlat chet tillar institutida 2017-2018 o‘quv yilida jami bitiruvchilar soni 592 nafarni tashkil etadi. Shundan bakalavr bitiruvchilarlar soni 550 nafar, magistr bitiruvchilar soni esa 42 nafarni tashkil etadi. Bakalavr bitiruvchilardan 167 nafari davlat granti asosida 383 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida taqsil olgan. Magistr bitiruvchilardan 5 nafari grant asosida 37 nafari shartnoma asosida taqsil olgan.

Institutning 2017/2018 o‘quv yilda tamomlagan bitiruvchilarning ma’lumotlar bazasi shakillantirilgan.Bugungi kungacha har bir fakultetning bitiruvchilariga ishga yuborilganlik to‘g‘risida yo‘llanma, uch tomonlama shartnoma va dalolatnomalar tarqatilgan. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishda asosan chet tiliga ehtiyoji bo‘lgan o‘rta maktab va maktabgacha ta’lim muassasalaridan kelgan xatlarni hisobga olib hozirgi kungacha o‘rta maktabdan 237 ta, maktabgacha ta’lim muassasalaridan 144 ta talab xatlari tushgan. Jami bakalavr bitiruvchilar bo‘yicha 552 nafar talaba ish beruvchi tashkilotlar bilan uch tamonlama shartnoma tuzdilar.

Xabarlargiz bor joriy yilning 30 mart kuni institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ–92-son qarorining 6-bandi, 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, amaldagi “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq 2017/2018 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun “Bitiruvchilar yarmarkasi” o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad chet tili mutaxassisligiga ehtiyoji bor tashkilotlarni taklif etib ular bilan uch tomonlama shartnomalarni imzolash. Tadbir natijasida 104 ta bitiruvchi bilan shartnoma imzolab muddatdan oldin ish joylarini aniqlab olgan edilar.

Bitiruvchilarni ishga joylashtirish uchun viloyat xalq ta’lim boshqarmasi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi va viloyat muzey qo‘riqxonasi bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Undan tashqari Malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan ham hamkorligimiz yo‘lga qo‘yilgan.

Grant asosida o‘qigan bitiruvchilarni tashkilotlardan kelgan ehtiyoj xatlarni hisobga olib chet tumanlardan boshlab yo‘llanma asosida ishga yuborilayapdi. Kontrakt asosida o‘qigan bitiruvchilarni iqtisodiy sohalari va tarmoqlari bo‘yicha ishga tavsiya etilayapdi. Institutning 2017/2018 o‘quv yili bitiruvchilarini samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unda ko‘ra institutning joriy o‘quv yili bitiruvchilari bandligi to‘g‘risida ta’lim muassasalarida so‘rov o‘tkazili. So‘rov natijalariga ko‘ra amaliy yordam berish zaruriyati mavjud bo‘lgan va bo‘lg‘usi ish o‘rni aniq bo‘lmagan bitiruvchilarning o‘z bizneslarini ochish va ishga joylashtirishga amliy yordam ko‘rsatilayapdi.

chop etish