Bosh sahifa Seminarlar
Seminarlar

Xorijiy mutaxassis ishtirokida seminar-treninglar
"Saturday 5th of May 2018 04:30:00 PM"

 Aston universiteti professori Garton Syuzan (Garton Susan) SamDCHTIga taklif etilib, institut ingliz tili o‘qituvchilari va magistrantlari uchun qisqa muddatli metodik seminar-treninglar, mahorat darslari o‘tkazilmoqda

Kaen-Normandiya Universiteti professori ishtirokida seminar-treninglar
"Saturday 28th of April 2018 04:15:00 PM"

Samarqand davlat chet tillar instituti va Fransiyaning Kaen-Normandiya Universiteti o’rtasidagi Erasmus+ “Xalqaro kredit mobillik” loyihasi doirasida imzolangan shartnomaga asosan institutning fransuz tili yo’nalishi talabalari uchun fransuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun “Fransuz tilini xorijiy til sifatida o’qitishning interaktiv va zamonaviy metodlari” mavzularida seminar-treninglar bo’lib o’tdi

“Pearson Central Europe” tashkiloti mutaxassislari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi
"Tuesday 24th of April 2018 06:40:00 PM"

24 aprel kuni “Pearson Central Europe” tashkiloti mutaxassislari Monika Henel-Celis va Tsakanyan Anush hamda Buyuk Britaniyaning Cambridge universiteti professori Robert Deanlar institutga tashrif buyurishdi

Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda SamDCHTIda seminar-treninglar tashkil etildi
"Tuesday 24th of April 2018 06:00:00 PM"

23-24 aprel kunlari Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorlgida Samarqand davlat chet tillar institutida fransuz tili va adabiyoti bo’yicha mutaxassis Anna-Mariya ishtirokida fransuz tilini xorijiy til sifatida o’qitish metodikasiga bag’ishlangan ikki kunlik seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etildi

Nutq muhitida shakllanuvchi fransuz tili obrazli o‘xshatishlarning semantik-kognitiv mexanizmlari mavzusida ilmiy seminar
"Tuesday 10th of April 2018 08:25:00 PM"

2018-yil 10-aprel kuni mustaqil izlanuvchi Mustayeva Guldora Saloxiddinovnaning “Nutq muhitida shakllanuvchi fransuz tili obrazli o‘xshatishlarning semantik-kognitiv mexanizmlari” mavzusida falsafa doktorligi ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dessertatsiyasi bo‘yicha institut ilmiy seminarida chiqish qildi

Ilmiy tadqiqot ishlari va iqtisodiy rivojlanish: zamonaviy yondashuvlar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari
"Tuesday 10th of April 2018 08:00:00 PM"

SamDCHTI da 2018-yil 10-aprel kuni Britaniya Kengashi hamkorligida “Ilmiy tadqiqot ishlari va iqtisodiy rivojlanish: zamonaviy yondashuvlar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari” mavzusidagi seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminarni Britaniya Kengashi vakili Hikmatillo O’razbayev olib bordi

Iqtidorli magistrantlar ilmiy seminarining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi
"Saturday 7th of April 2018 03:50:00 PM"

2018-yil 6-aprel kuni Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi yosh iqtidorli magistrant - talabalarining navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

Institutda xorijiy mutaxassis ishtirokida tashkil etilgan kurs ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etildi
"Friday 6th of April 2018 05:02:22 PM"

Samarqand davlat chet tillar institutida Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti professori Abigail Boucher ishtirokida tashkil etilgan “Ingliz tilini o’qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish” kursi ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etildi.