Bosh sahifa Rasmiy tashriflar
Rasmiy tashriflar

Rossiya Federatsiyasi oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Qanday samara beradi?
"Tuesday 3rd of March 2020 10:00:00 AM"

Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida “Zahiriddin Muhammad Boburning intellektual merosi va hozirgi kun” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya tashkilotchilari sifatida MDU,  Moskvadagi Davlat Sharq muzeyi, SamDCHTI hamda Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUlari ishtirok etishdi.

SamDCHTI professor-o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning Warwick universitetida malaka oshirishadi
"Friday 28th of February 2020 10:02:52 PM"

Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha menejeri Jonatan French joriy yilning 28-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

Latviyaning Riga texnika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi
"Friday 28th of February 2020 09:00:09 PM"

Samarqand davlat chet tillar institutiga 2020-yilning 28-fevral kunida Latviyaning Riga texnika universiteti Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Kseniya Dolzhenko tashrif buyurdi va institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X.Muzropovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Jahonning kuchli 100 taligiga kiruvchi oliygohlar SamDCHTI bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi
"Friday 21st of February 2020 07:05:35 PM"

Sizga ma’lumki, Samarqand davlat chet tillar instituti xorijning ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini samarali olib bormoqda. Shu qatorda hozirgi vaqtda mazkur institutga 30 ga yaqin xorijlik mutaxassislar jalb etilgan hamda ular o‘z faoliyatlarini davom etkazib kelishmoqda.

SamDCHTIda ingliz tilini bilish darajasini aniqlash markazi ochiladi
"Saturday 15th of February 2020 08:50:00 PM"

2020-yilning 15-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyoda Fulbrayt (Fulbright Programs) dasturlari bo‘yicha koordinatori Julia Findlay va elchixona vakili Saida Choriyevalar tashrif buyurdi va institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashishdi.

SamDCHTIdagi AQSHning Vebster universitetiga endi 60 nafar talaba qabul qilinadi
"Tuesday 11th of February 2020 08:30:00 PM"

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-2020 o‘quv yilida magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik  “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish”  (magistraturaga 40 nafar abituriyent qabul qilingan) ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan edi. Hozirda mazkur yo‘nalishda magistrantlar AQSHlik professor DJ Kaiser bilan birgalikda dars jarayonlarini davom etkazishmoqda.

SamDCHTIda turk tili yo‘nalishi ochiladi
"Friday 7th of February 2020 11:50:00 AM"

Turkiyaning YTB hamkorlik tashkiloti vakillari bo‘lmish Daire Bashkani va Sevilay Yildirimlar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi hamda institut rahbariyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

SamDCHTI qoshida turizm markazi tashkil etiladi
"Thursday 30th of January 2020 12:15:00 AM"

Ispaniyaning Kastiliya La Mancha universiteti professori Alexandro Pastrana Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut qoshida turizm markazini tashkil etish maqsadida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Daniel Rozenblyum va SamDCHTI rektori nima haqida suhbatlashishdi?
"Tuesday 28th of January 2020 09:45:00 PM"

AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Daniel Rozenblyum boshchiligidagi 8 kishilik delegatsiya vakillari Samarqand davlat chet tillar institutiga o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashrif buyurishdi.

Tashrif chog‘ida AQSH elchixonasi va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi yo‘lga qo‘yilgan hamda uzoq davom etib kelayotgan hamkorlik munosabatlari va istiqbolli rejalar to‘g‘risida fikrlar almashinildi.

Nega SamDCHTIda Vebster ochildi?
"Wednesday 15th of January 2020 07:50:00 PM"

Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks...