Bosh sahifa Institut Rektorat

Ilmiy ishlar va innovatsiya bo`yicha prorektor


Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar prorektori: Ashurov Shahobiddin Saidovich

Qabul vaqti: Seshanba-Payshanba 14:00-18:00
Telefon: (+99866) 233-76-35
E-mail: ashurov_sh@samdchti.uz

 

 

 

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha SamDCHTIning Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi ilmiy uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, SamDCHTIdagi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish, ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish, nazorat qilish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini SamDCHTI xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda SamDCHTIning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stependiya sovrindorlariini tayyorlash;
  • Tadqiqotchilikka qabul qilish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Xorij mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar o‘rnatish, oliy ta’limga oid konferensiya, simpozium, seminarlarni tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘rnatilgan tartibda SamDCHTIning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va xalqaro aloqalarga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini SamDCHTI xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, SamDCHTI ilmiy maktablarni shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
  • SamDCHTIda magistratura, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilik yoki katta ilmiy xodim-tadqiqotchilikni rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda universitet xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko‘maklashish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;
  • Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
  • Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, talabalar orasidan Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • SamDCHTIda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Biografiya:

  • 1991-1992 yy. - Samarqand davlat universiteti tayyorlov kursi talabasi
  • 1992-1997 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
  • 1997-2000 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fonetikasi kafedrasi o‘qituvchisi
  • 2000-2003 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti aspiranti
  • 2003-2005 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
  • 2005-2009 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi o‘qituvchisi
  • 2009-2011 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili leksika va stilistikasi kafedrasi mudiri
  • 2011-2014 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi mudiri
  • 2014-2015 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
  • 2015 y. - h.v.   - Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori

chop etish