Bosh sahifa Institut Rektorat

Rektor


Samarqand davlat chet tillar instituti rektori: Tuxtasinov Ilxom Madaminovich

Qabul vaqti: Chorshanba: 10:00-13:00
Telefon: (+99866) 233-78-73
E-mail: tuhtasinov@edu.uz 

 

Rektorning lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • SamDCHTIda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
  • SamDCHTIning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, SamDCHTIning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  • Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • SamDCHTIning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
  • Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni universitetga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki-mehnat tartibiga rioya etilishini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  • Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • SamDCHTIda mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taaluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish;
  • SamDCHTIning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, SamDCHTI Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, SamDCHTIning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Biografiya:

  • 2001-2005 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
  • 2005-2007 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi 
  • 2007-2010 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspiranti
  • 2010-2012 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili tarjima nazariyasi
  • va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 2012-2013 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va 
  • amaliyoti fakulteti dekani
  • 2013-2015 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili II fakulteti dekani
  • 2015-2016 yy.- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining direktori-prorektor
  • 2016 y. – h.v.  - Samarqand davlat chet tillar instituti rektori 

chop etish