Bosh sahifa Talabalar

Magistratura disertasiyasi himoyasi


2018-2019 o'quv yilidagi 1-kurs talabalarining magistrlik disetasiyalari mavzulari, bajaruvchi talabalar va ularning ilmiy rahbarlari to'g'risidagi ma'lumot

2017-2018 o'quv yilidagi 1-kurs talabalarining magistrlik disetasiyalari mavzulari, bajaruvchi talabalar va ularning ilmiy rahbarlari to'g'risidagi ma'lumot

2017-2018 o'quv yilidagi 1-kurs talabalarining magistrlik disetasiyalari mavzulari, bajaruvchi talabalar va ularning ilmiy rahbarlari to'g'risidagi qo'shimcha ma'lumot 

Magistrlik dissertasiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo’yiladigan talablar

Magistrlik dissertasiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’lishi kerak:

titul varaq;

ikki tilda (o’qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertasiyasining qisqacha annotasiyasi;

mundarija;

kirish;

asosiy qism;

xulosa;

adabiyotlar ro’yxati;

ilovalar (mavjud bo’lsa).

Kirish quyidagilarni qisqacha o’z ichiga olishi lozim:

magistrlik dissertasiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;

tadqiqot obyekti va predmeti;

tadqiqot maqsadi va vazifalari;

ilmiy yangiligi;

tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;

tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);

tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi;

tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;

ish tuzilmasining tavsifi.

Magistrlik dissertasiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo’lib, boblar hajm jihatidan o’zaro mutanosib bo’lishi va quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:

tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;

tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;

tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko’rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.

Magistrlik dissertasiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo’yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.

Magistrlik dissertasiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertasiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.

Magistrlik dissertasiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg’on sitatalar keltirishga yo’l qo’ymaslik) lozim.

Dissertasiya matni standart varaqda yozilgan bo’lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo’lishi lozim:

qatorlar oralig’i — 1,5 sm;

yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o’ng tomondan 2 sm;

xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.

Magistrlik dissertasiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Timyes Nyew Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertasiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo’lishi tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertasiyasi magistratura talabasi o’qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo’limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertasiyasiga davlat tilida yozilgan annotasiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertasiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o’tkaziladi.

Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertasiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet O’quv-metodik kengashining qarori bilan o’zgartirilishi va ko’paytirilishi mumkin.

Dastlabki va rasmiy himoyani o’tkazish tartibi

Magistrlik dissertasiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.

Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertasiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.

Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertasiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo’lishi kerak.

Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig’ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro’yxati ilmiy ishlar bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.

Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi:

magistrlik dissertasiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi to’g’risida xulosa taqdim etish;

dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;

kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg’on sitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko’rsatish.

Magistrlik dissertasiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg’on sitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo’lmaganda taqrizchi magistrlik dissertasiyasini himoyaga qo’yish maqsadga muvofiq emasligi to’g’risida xulosa beradi.

Magistrlik dissertasiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug’i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.

Magistrlik dissertasiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestasiya komissiyasi (keyingi o’rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o’tkaziladi.

Magistratura talabasi magistrlik dissertasiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.

Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

magistrlik dissertasiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog’liqligini ko’rsatib bera olishi;

magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;

foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to’liqligi va chuqurligi;

tadqiqot usullari amaliyotda qo’llanilganligining asoslanganligi;

olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;

magistratura talabasining magistrlik dissertasiyasi doirasida o’tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko’ra bilish qobiliyati;

magistrlik dissertasiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o’zaro mantiqiy bog’liqlikni kuzata bilish malakasi.

«Qoniqarsiz» baho qo’yilganda yoki magistrlik dissertasiyasi rasmiy himoyaga qo’yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.

Magistrlik dissertasiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.

Himoya qilingan magistrlik dissertasiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.

chop etish