Bosh sahifa Talabalar Bakalavriat

Talabalar turar joyi – talabaning ikkinchi uyi


   Talabalar turar joyi – talabaning ikkinchi uyi.   Ular o‘zlarini o‘z uyidagidek his qilishi uchun bu yerda shunday sharoitlar yaratilgan. Bu yerdagi qulaylik, shinamlik ular uchun  qayg‘urayotgan ustozlar, pedagoglar hattoki, qorovullarning talaba bo‘lib qolgisi keladi. Binoning tashqi va ichkarisi  zamon talablariga mos ta’mirlanib, jihozlangan. Texnika va yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya holati talabga javob beradi.
      Samarqand davlat chet tillar instituti tasarrufidagi talabalar turar joyi  faoliyatini doimiy davom etkazmoda. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar asosida institutning ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, talabalar turar joyi nizomi, e’lonlar burchagi, talabalar ro‘yxati, yong‘in xavfsizligi burchaklari mavjud.
Talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun turar joylarda sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun chet tillarni o‘rganish bo‘yicha, shuningdek, sport, san’at va boshqa to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan,  
      Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularga shart-sharoit yaratish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat  xonasi tashkil etilgan. Xonada televizor, kompyuter va stol-stullar mavjud hamda o‘quv zallari tashkil qilinib, ular zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, dam olish xonasi, xotin-qizlar xonasi, kir yuvish va quritish xonasi, kiyimlarni dazmollash xonasi, oshxona kabi xonalarda barcha maishiy sharoitlar yaratilgan. 
      Talabalar turar joyida tibbiyot xonalari tashkil qilinib, talabalarga birinchi tibbiy xizmat qo‘rsatilmoqda. Shunigdek, talabalar turar joyida ayollar maslahat xonasi hamda Psixolog xonalari tashkil qilingan. Turar joylarning har bir qavatida hojatxona, issiq suv bilan ta’minlangan dush, yuvinish xonasi mavjud. 
        Talabalar turar joyida  institut axborot resurs markazi ham  tashkil etilgan bo‘lib, uch ming (3000)ga yaqin eng muhim badiiy adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan. Axborot resurs markazi talabalar turar joyida soat 15:00 dan 21:00 ga qadar ishlaydi.

 

chop etish