Ingliz tili fakulteti

Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 1995-yil 17-yanvarda 1-sonli buyrug‘iga asosan Ingliz filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2014-yil Xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti yo‘nalishi ochildi. Shu yildan boshlab “Ingliz tili fakulteti” deb nomlandi. Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2018-yil 25-oktyabrdagi 3-son bayoni bilan tasdiqlangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 2018-yil 2- noyabrda kelishilgan “Samarqand davlat chet tillar instituti tashkiliy tuzilmasi”ga asosan Ingliz tili fakulteti negizida “Ingliz tili I fakulteti” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Ingliz tili I fakultetida qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jamoa

image

Fakultet dekani

Boltakulova Gulnoza Farruxovna

+998 (97) 916-02-22

boltaqulova.g@samdchti.uz

image

Dekan o'rinbosari

Pulatov Behzod Yakubovich

+998 (97) 923-20-45

behzod@samdchti.uz

image

Dekan o'rinbosari

Kuchiyev Malik Abdumannonovich

+998 (93) 344-75-31

kuchievmalik@gmail.com

Kafedralar

...
Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi
  • Ingliz tili fakulteti
Batafsil →
...
Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafederasi
  • Ingliz tili fakulteti
Batafsil →
...
Ingliz tili kafedrasi
  • Ingliz tili fakulteti
Batafsil →
...
Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodika kafedrasi
  • Ingliz tili fakulteti
Batafsil →
...
Ingliz tili nаzаriyаsi kafedrasi
  • Ingliz tili fakulteti
Batafsil →
...
Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi
  • Ingliz tili fakulteti
Batafsil →
...
Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
  • Ingliz tili fakulteti
Batafsil →

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2021 yildagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-5040-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 08.10.2019 yildagi PF-5847-son farmoni kabi farmon va qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Ingliz tili-I fakultetida qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, talabalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus ijrosi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida olib borilayotgan islohotlar va ularning ijrosi bilan doimiy tanishtirilib borilmoqda. Yoshlarning bepul madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Talaba va o‘quvchilar turizmini rivojlantirish, yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashriflari reja asosida uyushtirilib kelinmoqda.

Bundan tashqari talabalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga doimiy ravishda moddiy yordam berilib kelinmoqda. Jumladan, 2022-2023-o’quv yilida 600dan ortiq talabalarning 50% ijara pullari to’lab berildi, 19 nafar nogironligi mavjud talabalarga moddiy yordam ajratildi, 9 nafar kam ta’minlanga oila farzandlarining kontrakt-to’lovlari to’lab berildi. 37 nafar institut ijtimoiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol bo’lgan talabalarga moddiy rag’bat ajratildi. 2022-2023 o’quv yili davrida 150 nafar fakultet talabalari rasmiy ish bilan taminlangan, 420 nafari norasmi o’quv markazlari va NNTlaraida faoliyat olib borgan. Talabalarning o’qishi, o’qish davrida yashashi, darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini nazorat qilish maqsadida oila-mahalla-OTM hamkorligi yo’lga qo’yilgan.

O'quv jarayoni

Ingliz tili fakultetda 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlari hamda 70111801-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi mavjud. Ingliz tili fakultetida barcha kurslar bo‘yicha jami 3013 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 2657 nafari o‘zbek guruhlarida, 356 nafari rus guruhlarida ta’lim olmoqda. Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik kesimida kontingent quyidagicha:
1. 60111800 (60110900) - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – 2545 nafar
2. 60112600 -Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili) – 357 nafar
3. 70111801-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi – 88 nafar
4. 70111801-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) (QISHKI) mutaxassisligi  – 23 nafar
Hozirgi kunda Ingliz tili fakultetida 6 ta mutaxassislik kafedralari (Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi, Ingliz tili kafedrasi, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi, Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafederasi, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi, Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika kafedrasi) va 1 ta fakultetlararo kafedra (Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi) mavjud bo‘lib, ularda 9 nafar professor, 21 nafar dotsent, 54 nafar katta o‘qituvchi, 54 nafar assistent-oqituvchi va  43 nafar stajyor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazishlari uchun xorijlik va mahalliy mutaxassislarni jalb qiligan holda “Linguistic lab”, “English literature readers”, “Speaking Club”, “Listening club”, “Perfect guide”, “Lingvist”, “Yosh gid-tarjimonlar”, “Kitobxon yoshlar” va “Yosh psixologlar va mahoratli pedagoglar” kabi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.

Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri hisoblanadi. Unga obyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xosdir.

Bugungi kunda fakultetimiz ilmiy yo‘nalishi miqyosida boshqa OTMlar bilan hamkorliklar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Buning yaqqol namunasi sifatida O’zbekiston Davlat Jahon tillar Universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jizzax Davlat Pedagogika Instituti, Nukus Davlat Pedagogika Instituti va xalqaro OTMlardan Amerika Qo‘shma Shtatining Wyoming Universiteti, S.Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston davlat universiteti, Chelyabinskiy davlat madaniyati institutlari fakultetimiz bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligini ko‘rishimiz mumkin.

Talabalarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish uchun doimiy tarzda har bir kurslar uchun alohida to‘garaklar joriy qilingan. Bu to‘garaklar talabalarni ilmiy tadqiqot qilishlari uchun ko‘maklashadi. Fakultetda ustoz-shogird, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tilshunoslikning turli sohalari, og‘zaki va yozma tarjima, badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, ilmiy maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi. Saralab olingan talabalar iqtidori va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo‘yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.

Bundan tashqari ilmiy yo’nalish bilan birgalikda xalqaro aloqalar yo’nalishida ham fakultet professor-o’qituvchilari va talabalar xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar

Fotogalereya