Roman-german tillari fakulteti

1994-yil 8-noyabrda Samarqand davlat chet tillar instituti bilan bir vaqtda nemis tili va fransuz tili fakultetlari ham tashkil etilgan. 2005-yilda bu ikki fakultet negizida roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etilgan. 2017-yildan boshlab roman-german filologiyasi fakulteti roman-german tillari fakulteti deb nomlana boshlagan.
Hozirgi kunda fakultetda 1564 nafar talaba tahsil olmoqda, ulardan 1332 nafari qizlar 232 nafari oʻgil bollar. Shuningdek, fakultetda 9 nafar professor, 23 nafar dotsent, 3 nafar xorijlik mutaxassis va 75 nafar oʻqituvchilar saboq berishmoqda.
Fakultet Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Rossiya elchixonalari, xalqaro Erasmus+ va DAAD fondlari, Campus France agentligi hamda “El-yurt umidi” jamg’armasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

 

Jamoa

image

Fakultet dekani

Sattarov Utkir Urazaliyevich

+998 (66) 238-29-47

utkir.sattarov85@gmail.com

image

Dekan o'rinbosari

Raxmatov Erali Xabibul

+998 (97) 406-99-91

raxmatoverali@gmail.com

image

Dekan o'rinbosari

Majidov Farohiddin Nasriddinovich

+998 (97) 927-21-01

majidov@gmail.com

Kafedralar

...
Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi
  • Roman-german tillari fakulteti
Batafsil →
...
Nemis filologiyasi kafedrasi
  • Roman-german tillari fakulteti
Batafsil →
...
Rus filologiyasi kafedrasi
  • Roman-german tillari fakulteti
Batafsil →
...
Ispan va italiyan tillari filologiyasi kafedrasi
  • Roman-german tillari fakulteti
Batafsil →
...
Ikkinchi chet tillar kafedrasi
  • Roman-german tillari fakulteti
Batafsil →

        Roman-german tillari fakultetida O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to’g’risidagi qonuni”; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli Qarori;       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlanish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11-iyundagi “ Oliy va O’rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chara-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5763-sonli Farmoni;        O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19-mart “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus”; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 26.03.2021 yildagi PQ-5040-son Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.01.2022 yildagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”; Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi “2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 310-son qarori; Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining buyruqlarining ijrosi bajarilishi boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Fakultetda har oʻquv yilida yillik reja asosida, beshta muhim tashabbus doirasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi boʻyicha, chora-tadbirlar rejasi va hamkor tashkilotlar bilan 100 ga yaqin ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy sport va ma’daniy, “korrupsiya qarshi kurash”, “jinoyatchilikning oldini olish”, “odam savdosiga karshi kurash”, “giyohvandlikka qarshi kurash” boʻyicha tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Mazkur tadbirlarga mahalliy va xalqaro hamkor universitetlar vakillari, Samarqand viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi, Samarqand bojxona boshqarmasi, Samarqand OITSga qarshi kurash markazi va Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar Ittifoqi tashkilotlari xodimlari, fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalar doimiy ishtirok etib kelishmoqda. 

O'quv jarayoni

FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO'NALISHLARI

60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishida
60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili
60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili
60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: italyan tili
60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
60111701 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)

Hozirgi vaqtda fakultetda kundizgi ta’lim turining birinchi bosqichda 335 nafar, ikkinchi bosqichda 415 nafar, uchinchi bosqichda 266 nafar, to‘rtinchi bosqichda 505 nafar talabalar tahsil olishmoqda. 

FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

70230101 – Lingvistika: nemis tili
70230101 – Lingvistika: fransuz tili
70230101 – Lingvistika: ispan tili
70230101 – Lingvistika: italyan tili
70230101 – Lingvistika: rus tili

Magistratura bosqichida esa jami 42 nafar magistrlar tahsil olishmoqda.
Fakultetda o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, yo‘nalishlar va fanlar kesimida darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlaridan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o‘quv-pedagogik, o‘quv-uslubiy ishlar yo’lga qo’yilgan.

Roman-german tillari fakulteti jamoasi Oliy ta’lim tizimini jahon andozalari asosida zamonaviy ped-texnologiyalar bilan rivojlantirish, yuqori malakali, har tomonlama salohiyatli, ma’nan yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash sohasida ma’lum yutuqlarga erishib, yuqorida qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan muhim masalalar shu bilan birga kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, oʻquv jarayonini zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalar talablari asosida tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy metodik salohiyatini yuksaltirish, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar ta’minotini oʻquv laboratiyalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasini kuchaytirish hamda talabalarni oʻqitilayotgan fanlarga nisbatan har tomonlama qiziqishini ortirish kabi vazifalarni tizimli maqsadga yoʻnaltirgan holda amalga oshirish boʻyicha koʻplab ilmiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Fakultet ilmiy-tadqiqot faoliyati “Matn lingvistikasi va chet tili oʼqitish metodikasi”, "Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari", “Nemis tilini o’qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish”, “Ispan va italiyan tillarini o‘qitishning yangi metodologik usullari” kabi bir nechta mavzulardan iborat bo‘lib, hozirgi kunda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam ravishda ilmiy maqolalar chop ettirilmoqda hamda koʼplab magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlari himoya qilinmoqda. Fakultetning ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish boʼyicha strategik rejasi ishlab chiqilgan. Bunga koʼra quyidagilarga alohida eʼtibor qartilgan:

• Ilmiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida fakultetning mustaqil izlanuvchi va iqtidorli yosh oʻqituvchilarini doktoranturaga jalb qilish,
• O‘qituvchilarining tanlagan o‘z ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha fakultet ilmiy jamiyatidagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish,
• Fakultetning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy maqolalar va ilmiy nazariyalar bazasini shakllantirib borish,
• Hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb masalalari hamda fakultet ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy manbalarda nashr qildirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir.

Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan har o‘quv yilida muntazam ravishda dunyoning nufuzli ilmiy jurnallarida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 dan ortiq monografiya, darsliklar va o‘quv, uslubiy qo‘lanmalar va lug‘atlar chop etirib kelinmoqda.
Fakultetda “Parliamo italiano”, “Yosh romanistlar”, "Lingvist", “DLL-Akademie”, “Wort und Ort” kabi bir nechta ilmiy to‘garaklari tashkil etilgan.

Xalqaro aloqalar

Fakultet bugungi kunda Fransiyaning Kan, Quyi Normandiya universiteti hamda Sorbon universiteti, Germaniyaning Heidelberg pedagogika universiteti, Frayburg universiteti, Bochum universiteti, Humboldt universiteti, Mainz universiteti, Belarus’ davlar universiteti (Minsk), Brest davlat universiteti, Vologda davlat universiteti, Sankt-Peterburg universiteti, Pyatigorsk davlat universiteti, Italiyaning Sharqiy Neapol universiteti, Siena chet elliklar instituti, Ispaniyaning Kastila La Mancha Universiteti, Kadiz Universitet, Alikante universiteti, Granada universiteti, Seviliya universiteti, Huelva universiteti, Xaen universiteti, Salamanka universiteti, Madridning Komplutensiya universiteti, Madridning Autonoma universiteti va  Nebrixa Universitetlari hamda Yevropa mamlakatlarining boshqa universitetlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur hamkorliklar asosida, chet tilini o‘qitishning ilg’or metodikasi bilan tanishish maqsadida muntazam ravishda fakultetning professor - o‘qituvchilari malaka oshirish va stajirovkalarni o‘tab kelishmoqda.
Shuningdek, Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik dasturlari doirasida fakultetning bakalavriatura, magistratura va doktarantura bosqichida tahsil oluvchi talabalar, magistrlar va doktarantlar xorijiy universitetlarda muddatli tahsil olib kelishmoqda.

Yangiliklar

Fotogalereya