Sharq tillari fakulteti

Fakultetga 1995-yilning 12-avgustida asos solingan. Fakultet 2001-yil sentabridan koreys filologiyasi fakulteti deb nomlangan. 2005-yil sentabrida fakultet negizida tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘limi tashkil etildi. 2007-2008 o‘quv yili mobaynida Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti nomiga o‘zgartirildi. Fakultet 2012-yil fevral oyidan boshlab Tarjimonlik fakulteti, 2014-yildan 2021-yil sentabrga qadar Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti deb nomlangan. 2021-yil sentabr oyidan boshlab, Sharq tillari fakulteti deb yuritilib kelinmoqda.

Bugungi kunda fakultet qoshida 6 ta kafedra va quyidagi yo’nalishlar mavjud:
1. Koreys filologiyasi kafedrasi
2.Xitoy filologiyasi kafedrasi
3.Yapon filologiyasi kafedrasi
4.Yaqin sharq tillari kafedrasi
5. O'zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi
6. Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi

Jamoa

image

Fakultet dekani

Husanov Ulugbek Toshmurodovich

+998 (66) 238-29-47

husanov-ulugbek@mail.ru

image

Dekan o'rinbosari

Raximov Nosir G'ayratjonovich

+998 (90) 600-91-10

nosir-raximov@bk.ru

Kafedralar

...
O'zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi
  • Sharq tillari fakulteti
Batafsil →
...
Yaqin sharq tillari kafedrasi
  • Sharq tillari fakulteti
Batafsil →
...
Yapon filologiyasi kafedrasi
  • Sharq tillari fakulteti
Batafsil →
...
Koreys filologiyasi kafedrasi
  • Sharq tillari fakulteti
Batafsil →
...
Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi
  • Sharq tillari fakulteti
Batafsil →
...
Xitoy filologiyasi kafedrasi
  • Sharq tillari fakulteti
Batafsil →

Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish,  talaba  yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ustuvor yo‘nalishlarda muntazam olib boriladi.

O'quv jarayoni

Bugungi kunda fakultet qoshida 6 ta kafedra va quyidagi yo’nalishlar mavjud:
1. Koreys filologiyasi kafedrasi
— Filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili

2.Xitoy filologiyasi kafedrasi
— Filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili; 
— Tarjima nazariyasi va amaliyoti : xitoy tili

3.Yapon filologiyasi kafedrasi
— Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili
 
4.Yaqin sharq tillari kafedrasi
— Filologiya va tillarni o’qitish: arab tili; 
— Filologiya va tillarni o’qitish: turk tili

5. O'zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi
— O'zbek tili va adabiyoti;
— Jurnalistika;
— Kompyuter lingvistikasi 

6. Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi

Fakultetda muntazam ilmiy anjumanlar, seminarlar tashkil etiladi va mazkur anjuman va seminarlarda professor-o’qituvchilar o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faol ishtirok etib borishadi. Fakultet ilmiy ishlari rejasi asosida kafedralarda muntazam ravishda ilmiy anjuman va seminarlar o‘tkaziladi. Fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari domiy xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, ilmiy jurnallarda o’z maqolalari bilan ishtirok etib kelishmoqda.
Fakultetda ustoz-shogird, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tilshunoslikning turli sohalari, og’zaki va yozma tarjima, badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, ilmiy maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi. Har yilgi an’anaga ko’ra xorijlik mutaxassislar rahbarligida to’garaklar tashkil etiladi va xorijiy mamlakarlarning madaniyati urf-odatlari haqida chuqur bilim va ko’nikmalar beriladi. Saralab olingan talabalar iqtidori va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo’yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.

Yangiliklar

Faculty

Bugun, 13-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Batafsil

Fotogalereya