Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2021-yil 1-iyuldagi 11-son bayoni bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat chet tillar instituti tashkiliy tuzilmasi”ga asosan “Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti” tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jamoa
Fakultet dekani
Ergashev Mirsaid Baxtiyor o'g'li
+998 (93) 725-78-75
ergashevmirsaid960@gmail.com
Dekan o'rinbosari
Abdullayev Asqar Abduhakimovich
+998 (91) 535-18-84
asqar@samdchti.uz
Kafedralar
Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar kafedrasi
- Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
- Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
- Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi
- Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan «Axborot va murabbiylik soatlari»ni metodik ta’minlanib, turli mavzularda multimedia mahsulotlari tarqatilib borilmoqda.
Professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yilgan.
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti qoshida talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida quyidagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda;
- “Yosh filologlar ” zakovat klubi
- “Speaking club” to‘garagi
- “Wise readers” kitobxonlar klubi
- “Yosh jurnalistlar” klubi
- “Youth’s broadcast” yoshlar san’at klubi
- “Gifted students” iqtidorli yoshlar to‘garagi
- “Sog‘lom avlod” talabalar sport klubi
- “IT technology” to’garagi
O'quv jarayoni
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida 3 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud
1. 5120112 - Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili
2. 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)
3. 5611501 - Gid hamrohliga va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)
4. 61010100 - Turizm va mehmondo'stlik
1. 5120112 - Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami: 1060 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 1-kursda 300 nafar (kunduzgi) 25 nafar (kechki), 2-kursda 259 nafar (kunduzgi), 3-kursda 286 nafar (kunduzgi), 4-kursda 190 nafar (kunduzgi) talaba tashkil etadi.
2. 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami: 429 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 1-kursda 150 nafar (kunduzgi), 2-kursda 112 nafar (kunduzgi), 3-kursda 90 nafar (kunduzgi), 4-kursda 77 nafar (kunduzgi) talaba tashkil etadi.
3. 5611501 - Gid hamrohliga va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami: 291 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 1-kursda 50 nafar (kunduzgi), 2-kursda 149 nafar (kunduzgi), 3-kursda 92 nafar (kunduzgi) talaba tashkil etadi.
4. 61010100 - Turizm va mehmondo'stlik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami: 83 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan 1-kursda 46 nafar (kunduzgi) 12 nafar (masofaviy), 2-kursda 25 nafar (kunduzgi) talabalarni tashkil etadi.
Ilmiy tadbirlar
Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri hisoblanadi. Unga obe’ktivlik, ishonchlilik, aniqlik xosdir. Bugungi kunda fakultetimiz ilmiy yo‘nalishi miqyosida boshqa OTMlar bilan hamkorliklar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Buning yaqqol namunasi sifatida fakultetimizning S.Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligini ko‘rishimiz mumkin. Talabalarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish uchun doimiy tarzda har bir kurslar uchun alohida to‘garaklar joriy qilingan. Bu to‘garaklar talabalarni ilmiy tadqiqot qilishlari uchun ko‘maklashadi. Fakultetda ustoz-shogird, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tilshunoslikning turli sohalari, og‘zaki va yozma tarjima, badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, ilmiy maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi. Saralab olingan talabalar iqtidori va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo‘yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
