Payariq xorijiy tillar fakulteti
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) hamda 60112600 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili), 60230101-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili), 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili),yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida jami 315 nafar talaba tahsil olmoqda. Talabalar o‘zbek va rus guruhlarida o‘qiydi.
Hozirgi vaqtda fakultetda 1 ta Umumta’lim fanlari kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu kafedrada 1 nafar professor 2 nafar dotsent, 2 nafar(PhD) katta o‘qituvchi, 1 nafar kata o‘qituvchi, 3 nafar assistent va 5 nafar stajyor-o‘qituvchi ishlaydi.
Jamoa
Fakultet dekani
Egamnazarov Qobil Abdunazarovich
+998 (90) 601-00-71
egamnazarov@gmail.com
Kafedralar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Fakultetda ustoz-shogird, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tilshunoslikning turli sohalari, og’zaki va yozma tarjima, badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, ilmiy maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etiladi. Har yilgi an’anaga ko’ra xorijlik mutaxassislar rahbarligida to’garaklar tashkil etiladi va xorijiy mamlakarlarning madaniyati urf-odatlari haqida chuqur bilim va ko’nikmalar beriladi. Saralab olingan talabalar iqtidori va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo’yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.
Payariq xorijiy tillar fakulteti 2106-guruh talabalari Rasulberdiyeva Fariza Bobir qizi hamda Botirova Nargiza Rustam qizi institut talabalari o’rtasida o’tkazilgan ko`rik tanlovlarda (innavatsion g`oyalar) bo’yicha faxrli I-II o‘rinni egallaganligi munosabati bilan diplom va Pul yutuqlari bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 1995-yil 17-yanvarda 1-sonli buyrug‘iga asosan Ingliz filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2014-yil Xorijiy til (ingliz tili) va adabiyoti yo‘nalishi ochildi. Shu yildan boshlab “Ingliz tili fakulteti” deb nomlandi. O`zbekiston respublikasi prezidentining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Payariq xorijiy tillar fakultetida qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Respublikada miyosida Korxona va tashkilot xodimlari o`trasida o`tkazilgan KURASH musobaqasida Payariq xorijiy tillar fakultati Umumiy fanlar kafedrasi assistent o`qituvchisi Isroilova Mohigul o`z vazn toifasida faxirli 3-o`rinni egalladi va institut raxbariyati tomonidan moddiy rag'batlantirildi.
O'quv jarayoni
Fakultetda 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va 60112600 -Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tili (ingliz tili) ta’lim yo’nalishlari kunduzgi ta’lim shakllari bo’yicha jami 231 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda, shundan kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha 231 nafari o’zbek guruhlarida, 231 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Hozirgi kunda fakultetda 1 ta Umumiy fanlar kafedrasi va mavjud bo‘lib, unda 2 nafar dotsent, 4 nafar katta o'qituvchi, 3 nafar assistent-o`qituvchi va 9 nafar stajyor-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazishlari uchun xorijlik va mahalliy mutaxassislarni jalb qiligan holda “Speaking Club”, “Debate Club”, “Readers’ Club”, “Movie Club”, “Guide-Interpreters Training Club”, “Yosh talant”, “Intellekt” kabi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.
Ilmiy tadbirlar
Fakultetda muntazam ilmiy anjumanlar, seminarlar tashkil etiladi va mazkur anjuman va seminarlarda professor-o’qituvchilar o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faol ishtirok etib borishadi. Fakultet ilmiy ishlari rejasi asosida kafedralarda muntazam ravishda ilmiy anjuman va seminarlar o‘tkaziladi. Fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari domiy xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, ilmiy jurnallarda o’z maqolalari bilan ishtirok etib kelishmoqda.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
