Bosh sahifa Faoliyat Xalqaro aloqalar

Qo’shma ta’lim dasturlari


Qo'shma ta'lim dasturi - bu chet el universitetlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ta'lim dasturi bo’lib, talaba tanlagan yo’nalishi bo’yicha ikkita universitet diplomiga ega bo’ladi.

Qo’shma ta’lim dasturi bilan siz:

-bir yo’nalishda ikkita diplomni yoki alohida yonalishlar bo’yicha darajalarni alohida-alohida bitirish uchun kerak bo'lgandan ko'ra qisqa vaqt ichida qo’lga kiritasiz.

-xalqaro miqyosda tashkil etilgan o’quv dasturlari sizning dunyoqarashingizni kengayishiga qulay zamin yaratadi, hamda mavjud o'quv dasturlarini xorijiy o'quv dasturlarining innovatsion elementlari bilan boyishiga katta imkon beradi.

-sizga ilg'or xalqaro tajribadan foydalanish, nafaqat o'z universitetingizda, balki xorijiy universitetlarda xalqaro dasturlar asosida bilim olish, sizga eng yaxshi xorijiy tajribalarni o'zlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, qo'shma o'quv dasturlarida ishtirok etish til bilish darajangizni yaxshilaydi, hamkor mamlakatlar madaniyati va an’analarini yaxshi tushunib yetishingizga yordam beradi .

Samarqand davlat chet tillar institutida mavjud qo’shma ta’lim dasturlari:

1) Bakalavr yo’nalishi bo'yicha: Filologiya va tillarni o’qitish (Ingliz va Rus tillari) Altay davlat Pedagogika Universiteti (Rossiya).

2) Bakalavr yo’nalishi bo’yicha: Filologiya va tillarni o’qitish (Koreys tili) Soonchunhyang universiteti (Koreya)

3) Bakalavr yo'nalishi bo'yicha: Filologiya va tillarni o’qitish (Rus tili)  Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti (Rossiya)

4) Bakalavr yo'nalishi bo'yicha: City University Malaysia bilan tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlari 

5) Magistr yo’nalishi bo’yicha: Lingvistika (Ingliz tili) Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti (Rossiya)

 

 

Batafsil ma’lumot uchun: +99866-238-2952 

 

Hujjatlarni topshirish uchun havola

Elektron pochta:

e-mail:sifljointedu.dep@gmail.com 
jointed.dep@samdchti.uz

Taqdimot broshura

chop etish