Bosh sahifa Faoliyat Xalqaro aloqalar

Xorijda malaka oshirish va ta'lim


O’qituvchilarning ilmiy salohiyatini va pedagogik tajribasini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qaroriga asosan institut pedagog-xodimlarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishi, seminar-treninglar va konferensiyalarda ishtirok etishi hamda stajirovka o’tashlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 2018 yilning birinchi yarmida: 25 iyundan 13 iyulga qadar Sharq tillari kafedrasi koreys tili o’qituvchisi To’rayeva Dilfuza Saloxitdinovna Janubiy Koreyaning Ixva universitetida “Chet ellik koreys tili o’qituvchilari uchun treninglar” dasturi doirasida tashkil etilayotgan koreys tili mutaxassislari malakasini oshirish kursida ishtirok etdi.

19-20 iyun kunlari Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Shodiyev Rustam Toxirovichlar Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetida tashkil etilgan “Ta’lim sifatini oshirishda oliy ta’lim muassasalari o’rtasida xalqaro hamkorlikning muhim faktori” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi hamda ushbu universitet bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida ta’lim va ilm-fan sohalarida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

17 iyundan 4 iyulga qadar Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchilari Bakiyev Faxriddin Jamshit o’g’li va Nasrullayeva Tozagul Suxrobovna, Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Bekniyazova Sevara Nurxonovna va Axborot texnologiyalari bo’limi boshlig’i Ashurov Zafar Raxmankulovichlar 2017-2020 yillarga mo’ljallangan (Erasmus+ Capacity Building in Higher Education – CBHE) dasturi (585845-EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP) CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo’yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Ispaniyaning Koruna universitetida bo’lib o’tgan seminar-treninglarida ishtirok etishdi.

Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik (Key Action 1 – Mobility for learners and staff – Higher Education Student and Staff Mobility) loyihasi doirasida o’zaro talabalar va o’qituvchilar almashinuvi bo’yicha fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Qo’chqorova Sadoqat Toshpo’latovna 2018 yilning 10-29 iyun kunlari Fransiya Kan universitetining Tillarni o’qitish fakultetida stajirovka o’tash uchun yuboirldi.

30 may 4 iyun kunlari Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Safarov Shaxriyor Safarovich Rossiya Federasiyasining Moskva davlat lingvistika universitetida ushbu universitet bilan ta’lim sohasida hamkorlik olib borish borasida muzokaralar olib bordi va natijada ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.

21-26 may kunlari Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Ataullayeva Dilfuza Azizovna Erazmus+ dasturining IMEP: «Internasionalizasiya i modernizasiya obrazovaniya i prosessov v sfere vыsshego obrazovaniya Uzbekistana» loyihasi doirasida Latviyaning Rezekne Texnologiyalar Akademiyasida tashkil etilgan ilmiy anjuman va mahorat darslarida ishtirok etdi.

2018 yilning 24-28 aprel kunlari Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 561624 EPP-1-2015-1-UK-EPPKA 2-CBHESP IMEP: «Интернационализация и модернизация образования и процессов в сфере высшего образования Узбекистана» loyihasi doirasida Gresiya Respublikasining Peloponnes universitetida tashkil etiladigan yig’ilish va seminar-treninglarda mazkur loyihaning SamDChTI qoshidagi “IELTS CENTER” o’quv markazi direktori Nizamov Anvar Negmatovich ishtirok etdi.

9-13 aprel kunlari Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani o’rinbosari Azzamov Yusufjon Radjaboy o’g’li Erazmus+ dasturining “Mobile+3 Projest” loyihasi doirasida Portugaliyaning Porto Universitetida malaka oshirish kurslarida (Staff Mobility for Teaching) ishtirok etdi hamda Porto Universiteti talabalari va magistrantlariga “Madaniyatlararo muloqot”, “O’zbekistonda xorijiy tillarni o’qitish” va “O’zbekistonda madaniy xilma-xillik” kabi mavzularda ma’ruza o’qidi.

5-11 aprel kunlari sharq tillari kafedrasi xitoy tili o’qituvchilari Sattorov Begzod Arislonovich va Tilavov Ozod Zairjonovichlar Samarqand viloyatiga xorijiy invistisiyalarni jalb etish, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni o’rnatish maqsadida Samarqand viloyati ishchi guruxi delegasiyasiga XXRning Sian shahriga xorij safari davomidatarjimon sifatida hamrohlik qilishdi.

5-7 aprel kunlari nemis tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchilari Eshonqulov Otabek Safaraliyevich va Kuchiyev Malik Abdumannonovichlar “Xalqaro nemis tili o’qituvchilari Assosiasiyasi” (FaDaF) tashkiloti tomonidan Germaniyaning Manhaym universitetida tashkil etilgan nemis tili o’qituvchilarining xalqaro seminar-treninglarida ishtirok etishdi.

20-27 mart kunlari fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Pulatova Nigina Aminovna Fransiyaning Kan Universiteti Tillarni o’qitish fakultetida Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillikloyihasi doirasida malaka oshirdi va Kan Universiteti talabalariga ma’ruza o’qidi.

5-9 mart kunlarixalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Yusupov Otabek Yakubovich Portugaliyaning Porto Universitetiga Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi “Xalqaro kredit mobillik” loyihasi doirasida Portugalyaning Porto Universitetida oliy ta’lim muassasalari xalqaro aloqalar bo’limlari mutaxassislarini malakasini oshirish kursida ishtirok etdi.

17-25 fevral kunlari ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Shermatov Akram Abduxakimovich, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Yusupov Otabek Yakubovich, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Nizamov Anvar NegmatovichIspaniyaning Santiyago de Kompostela universitetiga 2017-2020 yillarga mo’ljallangan (Erasmus+ Capacity Building in Higher Education – CBHE) dasturi (585845-EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP) CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo’yicha magistratura dasturini ishlab chiqish” loyihasining birinchi yig’ilishi va seminar-treninglarida ishtirok etishdi.

Talabalar almashinuvi

2018 yilning 1 aprelidan 2019 yilning 31 martiga qadar Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti yapon tili ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Omonova Shohsanam Yaponiyaning Shinshu universitetiga mazkur universitet stipendiyasi va almashinuv dasturi asosida ta’lim olish (stajirovka) uchun yuborildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti va Janubiy Koreya Respublikasining Chonbuk milliy universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida talabalar almashinuvi dasturiga asosan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti koreys tili yo’nalishi 3-bosqich talabasi Jahongirov Ibrohimjon Janubiy Koreyaning Chonbuk milliy universitetida stajirovka o’tab qaytdi.

Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining “Key Action 1 – Mobility for learners and staff – Higher Education Student and Staff Mobility” loyihasi doirasida 2018 yilning 8 yanvaridan 10 mayiga qadar roman-garman tillari fakulteti 1-bosqich magistranti Raxmatov Erali va roman-garman tillari fakulteti 2-bosqich talabasi Adilova MarjonaFransiyaning Kan Universitetida stajirovka o’tab qaytishdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasida 1999 yil 8 noyabrda imzolangan Bitim hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida 2017 yilning sentyabridan 2018 yilning sentyabrigacha bo’lgan muddatda qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik mutaxassisligi 1-kurs magistrantiNabiyev Obid hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari Tojiyev Jaxongir, Oripov Alisher, Umarov Shaxboz, Mamatova Dilshoda, Ibodiy Aziz va Allaberdiyeva Vaziralar Xitoy Xalq Respublikasioliy ta’lim muassasalarida stajirovka o’tashmoqda.

Koreys tili yo’nalishi 4-bosqich talabasi Abduraxmonov Jasur 2017 yil 28 martidan 2018 yil 28 martiga qadar Janubiy Koreya Respublikasi Jeju Milliy universitetida talabalar almashinuvi dasturi doirasida ta’lim olib qaytdi.

15-yanvar kuni Janubiy Koreyaning Jungbu universiteti professori Minxi Li institutning koreys tili yo’nalishi talabalari uchun ochiq dars tashkil etdi va ma’ruza o’qidi.

chop etish