Bosh sahifa Institut

Yozgi maktab


Yozgi maktab

O’zbek tili, madaniyati va Samarqand hayoti

Yozgi maktab quyidagilarni o’z ichiga oladi

  • Intensiv til kursi (Uzbek)

  • Ma’daniyat va odatiy hayotga doir bo’lgan ekskursiyalar va kurslar

  • Mahalliy talabalar bilan aloqa va hamkorlik

1. Intensiv til kursi

Mashg’ulotlar umumiy o’rganuvchilar soni 10 tadan oshmaydigan kichik guruhlarda o’tkaziladi. O’quv rejasi grammatika darslari va unga bog’liq bo’lgan, innovatsion texnologiyalar yordamida bajariladigan mashqlar hamda muloqot mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. O’quv kursining maqsadi o’rganuvchilarni lotin tiliga asoslangan o’zbek alifbosi va orfografiyasi bilan tanishtirish, tayanch morfologiya va Grammatik qurilmalarni mustahkamlashda ko’maklashish, har kunlik so’zlashuv jarayonidagi nutq ravonligini oshirish, oddiy matnlarni o’qish hamda tushunish, yozma savodxonligini kichik matnlar yozish orqali rivojlantirishga qaratilgan. O’quv kursi yozma va og’zaki imtihon olish bilan yakunlanadi va o’rganuvchilar ECTS (Yevropa baholarni o’tkazish va jamg’arish tizimi)ga binoan baholanadi. Namunali qatnashuvchilarga 10 ECTS beriladi, yakuniy imtihomlarda o’tish balidan pastroq natija ko’rsatgan qatnashchilar 6 ECTS jamg’arishadi.

Yozgi maktab quyidagi ikki yo’nalishni taklif qiladi:

-O’zbek tilidan umuman bilim ko’nikmasiga ega bo’lmagan talabalar uchun boshlang’ich o’zbek tili mashg’ulotlari.

-O’zbek tili bilan kamida 1 yil yoki turk tili bilan 2 yil shug’ullangan ilg’or talabalarga ixtisoslashgan o’zbek tili mashg’ulotlari.

Yozgi maktab kurslari to’lovi : 650 yevro

O’quv kurslari Samarqand Davlat Chet tillar institutining malakali o’qituvchilari va Humbolt universiteti, Berlin, O’rta Osiyo Seminari o’qituvchisi bilan hamkorlikda mazkur universitetda tayyorlangan va amalda qo’llanilgan metodik qo’llanmalar asosida olib boriladi. Mazkur o’quv kurslari DAAD dasturi homiyligi, Humbolt universiteti va Samarqand Davlat Chet tillar instituti tomonidan 2003-yildan buyon davom etayotgan aloqalar asosida tashkillashtirilgan. Nemis tilidagi o’quv materiallari ta’minlanadi; mashg’ulotlar Ingliz va Nemis tillarida o’tkaziladi. Samarqand Davlat Chet tillar instituti zamonaviy o’quv asboblari bilan ta’minlaydi. Ba’zi amaliy til mashg’ulotlari ekskursiya dasturiga binoan SamDCHTI hovlisidan tashqarida o’tkaziladi.

2. Ma’daniyat va har kunlik hayotga doir bo’lgan seminarlar

Kunlik darslar O’zbekiston xususan Samarqandning uzoq va yaqin o’tmishiga doir bo’lgan tanlangan seminar mavzulari, geografiya va iqlim, etnografiya va folklor, O’zbekiston va qo’shni mamlakatlar iqtisodi, siyosiy o’sishga doir bo’lgan seminar darslar bilan to’ldirilib boriladi. Talabalarning xohishi va qiziqishiga bog’liq holda qo’shimcha darslar (Yoshlarga oid, mahalliy ovqatlar, musiqa, din va hokazolar) ham qo’shilishi mumkin.

Vaziyatdan kelib chiqqan holda talabalar mahalliy to’ylar va boshqa maxus marosimlarga taklif etilishi mumkin.

3. Madaniy hodisalar va ta’lim ekskursiyalari

Talabalarning ehtiyojlarini inobatga olgan, Yozgi maktab madaniy hordiq chiqarish marosimlari ( konsertlar, muzeylarga tashrif, olimlar va san’atkorlar bilan uchrashuv va hokazo) va Samarqand bo’ylab ta’limiy ekskursiyalarini ham o’z ichiga oladi.

Talabalar Shahrisabz va/yoki Buxoro shaharlariga rejalashtirilgan ekskursiyalar qatnashchisi bo’lish imkoniyatiga egalar. Ushbu shaharlarga tashrif xarajatlari Yozgi maktab kurslari to’lovi qamrab olmaydi, aksincha talabalar turar-joy va boshqa shaxsiy xarajatlarni o’z hisoblaridan amalga oshiradilar.

4. Turar joy

Tashrif buyurayotgan talabalar umumiy yotoqxonalarda yashaydilar. Mazkur umumiy yotoqxonalarda mahalliy o’qituvchilar o’rganuvchilarga ularning uy vazifalarini bajarishga ko’maklashishga tayyor turishadi. Umumiy yotoqxonalarga joylashishga Yozgi maktab ma’muriyati ko’maklashadi. Umumiy yotoqxona xarajati Yozgi maktab to’loviga kiritilmaydi.

5. Mahalliy talabalar bilan aloqa va hamkorlik

Mahalliy talabalar tashrif buyuruvchi talabalarga ko’maklashishga tayyor turishadi. Ular darslarda, darsdan tashqari bo’lgan mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda Yozgi maktab ma’muriyatiga ko’maklashishadi.

Tashrif buyurayotgan talabalarga ularning mahalliy tengqurlari biriktirilib qo’yiladi. Ular mehmonlarga Samarqand Davlat Chet Tillar institutini va Samarqand shahrini tanishtirishadi. Mahalliy talabalar qatnashchilarga diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishga ko’maklashadi va ularning vaqtlarini samarali o’tkazishga kelgan kunlaridan boshlab yordamlashishadi.

O’zbek talabalari qatnashchilarga ularning Samarqanddagi hayotini mazmunli o’tkazishlari uchun maslahat berishadi va Yozgi maktab ma’muriyati hamkorligida o’tkaziladigan bir qator norasmiy ijtimoiy voqea-hodisalarga mehmonlarni jalb qilishadi.

6. Yozgi maktab davomiyligi

Yozgi maktab dasturi 3 haftaga mo’ljallangan til kurslari, mavzulashtirilgan seminarlar va ekskursiyalarni o’z ichiga oladi. Qo’shimcha 1 hafta esa, o’rganuvchilarning mustaqil tatqiqot o’tkazishlari uchun berilib, SamDCHTI o’qituvchilari ularning tadqiqot ishlarida ko’maklashishga tayyor turishadi.

7. Toshkent aeroportidan Samarqandga tashrif

Toshkentdan Samarqandga yetib kelish Yozgi maktab ma’muriyati tomonidan amalga oshirilishi mumkin, ushbu xizmatga ehtiyoj sezilgan taqdirda. Xarajatlar tashrif buyurayotgan talabalarning o’zlari tomonidan qoplanadi.

8. Viza, Ro’yxatga olish, Sug’urta

Dasturga qabul qilinganlaridan so’ng, talabalarga ularning vizalarini qo’llab quvvatlovchi maktub yuboriladi. Ushbu maktub ularning o’zbek elchixonasiga viza uchun so’rov jo’natganlarida kerak bo’ladi. Viza xarajatlari talabalarning o’zlari tomonidan qoplanishi kerak. SamDCHTI Yozgi maktab qatnashchilarga Samarqandda ro’yxatdan o’tishga yordamlashadi. Samarqandga kelishlaridan oldin, barcha qatnashchilarga ularning shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sayohat sug’urtasini olish maslahat beriladi.


 

Yozgi maktab dasturi.

(Sentabr 17 – Oktabr 5, 2018)

 

Mashg’ulot va faoliyatlar

Vaqti

Ma’sul kishilar

Faoliyat o’tkaziladigan joy

1-Hafta/ 1-Kun (Samarqand)

1

Ochilish marosimi

9.00-9.30

SamDCHTI rektori. I.Tuxtasinov

SamDCHTI

2

Tashkiliy ishlar va joylar bilan tanishtirish

9.30-10.30

Yozgi Maktab

Administratori

SamDCHTI

3

O’zbek tili darslari

10.30-12.30, 13.30-15.00

O’qituvchilar

SamDCHTI

4

Shahar bo’ylab ekskursiya

16.00-18.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

 

5

Samimiy kechki ovqat

19.00-22.00

 

 

1-Hafta / 2-5 kunlar

1

O’zbek tili darslari

9.00-12.30

14.00-15.30

15.30-18.00

O’qituvchilar

 

4

Bo’sh vaqt/ Ma’ruzalar/ Shahar bo’ylab sayohat

15.30-18.00

O’qituvchilar, Mahalliy talabalar

 

 

  • Ma’ruza: O’zbekistonning ta’lim sistemasi

  • Hunarmandchilik markaziga tashrif “Milliy qog’oz ishlab chiqarish”

  • Ma’ruza: O’zbekiston tarixi (1-Qism)

  • Palov pishirish san’ati ko’rgazmasi

 

 

Taklif qilingan professorlar

 

6

Fikr-mulohazalar

18.00-19.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

Umumiy yotoqxona

Hafta oxiri Sentabr 22-23 (Buxoroga ekskursiya)

1-kun

1

Buxoroga jo’nash

7.00

 

 

2

Buxoroga yetib kelish

12.00

 

 

3

Shaharning tarixiy joylari bo’ylab sayohat

13.30-18.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

 

4

Fikr-mulohazalar

18.00-19.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

Umumiy yotoqxona

2-kun

1

O’zbek tili darslari (amaliy)

9.00-10.30

O’qituvchilar

 

2

Shahar bo’ylab sayohat

10.30-16.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

 

3

Samarqandga jo’nash

16.00

 

 

4

Samarqandga yetib kelish

21.00

 

 

2-hafta/ 8-12-kunlar

1

O’zbek tili darslari

9.00-12.30

14.00-15.30

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

SamDCHTI

2

Bo’sh vaqt/ Ma’ruzlar/ Shahar bo’ylab sayohat

15.30-18.00

 

 

 

  • Ma’ruza: O’zbekiston tarixi (2-qism)

  • Gilam to’qish zavodiga tashrif

  • Ma’ruza: O’zbekiston iqtisodi (1-qism)

  • Nemis-O’zbek qo’shma korxonasi “MAN’ zavodiga tashrif

 

 

 

3

Fikr-mulohazalar

18.00-19.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

Umumiy yotoqxona

Dam olish kunlari 29-30-Sentabr (Mahalliy marosimlari va milliy kiyimlar)

1

Mahalliy marosimlar

11.00-15.00

 

 

2

Milliy kiyimlar va san’at

10.00-12.00

 

 

 

“El-merosi” tarixiy kiyimlar teatriga tashrif

18.00-19.00

 

 

3-hafta/ 15-18-kunlar (Samarqand)

1

O’zbek tili darslari

9.00-12.30

14.00-15.30

 

 

2

Bo’sh vaqt/Ma’ruzalar/ Shahar bo’ylab ekskursiyalar

16.00-18.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

 

 

  • Ma’ruza: O’zbekiston iqtisodi (2-qism)

  • Mahalliy bozorlarda amaliy darslar

  • Ma’ruza: O’zbekiston adabiyoti

 

Taklif qilingan professorlar

 

3

Fikr-mulohazalar

18.00-19.00

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

 

17-kun (Shahrisabzga ekskursiya)

1

Shahrisabzga jo’nash

07.00

 

 

2

Shahrisabzga yetib kelish

09.00

 

 

3

Shahrisabda sayohat

9.00-10.30

O’qituvchilar va mahalliy talabalar

 

4

Shahrisabzdan jo’nash

11.00

 

 

5

To’gli hududlarga tashrif and mahalliy ovqat pishirish san’ati

12.00-16.00

 

 

6

Samarqandga yo’l olish

16.00

 

 

7

Samarqandga yetib kelish

18.00

 

 

19-kun (Samarkand)

1

O’zbek tili imtihonlari

10.00-12.00

O’qituvchilar

SamDCHTI

4

Erkin vaqat

12.00-18.00

 

 

6

Fikr-mulohazalar

18.00-19.00

O’qituvchilar

Umumiy yotoqxona

20-kun (Samarqand)

1

Yopilish marosimi

9.00-10.30

O’qituvchilar

SamDCHTI

2

Fikr mulohazalar

10.30-11.30

Umumiy yotoqxona

Umumiy yotoqxona

3

Bo’sh vaqt

 

 

 

4

Xayrlashuv kechki ovqati

19.00-22.00

 

 


 


 

chop etish