Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

Ingliz tili va adabiyoti fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tdi


“Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi 2019-yil 15-may kunida bo‘lib o‘tgan edi. Bunda respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasasidan 15 nafar talabalar qatnashishdi.
Olimpiada yakunida ishtirokchilarni faol qatnashganligi va erishgan yutuqlari bilan tabriklagan holda ularga kelgusi o‘qishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi institut rektori I.M.Tuxtasinov.
Talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqich natijalariga ko‘ra birinchi darajali diplom bilan Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Boboxolov Shoxrux, ikkinchi darajali diplom bilan Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi Ravshanov Nurmuhammat, shuningdek, uchinchi darajali diplom bilan Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Maratova Oysulular taqdirlanishdilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish