Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

Fransuz tili va adabiyoti fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda


“Fransuz tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan talabalar respublika fan olimpiadasi 2-bosqichining ochilishi 17-may kuni soat 9:00 da institut bosh binosida bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning ochilish marosimida institutimiz rektori I.M.Tuxtasinov so`zga chiqib, olimpiada ishtirokchilarini tabriklagan holda ularga omad va zafarlar tiladi. Shuningdek ochilish marosimida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Ashurov. Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov, fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi olimpiada hay’at komissiyasi raisi D.Kiselyovlar so‘zga chiqib ishtirokchilarni olimpiada dasturi bilan tanishtirishdi. Shundan so‘ng olimpiada ishtirokchilari Roman-german tillari fakultetida topshiriqlarni bajarish uchun maxsus tayyorlangan xonalarga yo’l olishdi. Respublika fan olimpiadasida 8 ta OTMlardan 8 nafar talabalar ishtirok etishmoqda.

chop etish