Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

“Fransuz tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tdi


Fransuz tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bunda respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasidan 8 nafar talabalar qatnashishdi.

Olimpiada yakunida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Ashurov olimpiada ishtirokchilarini faol qatnashganligi va erishgan yutuqlari bilan tabriklagan holda ularga kelgusi o‘qishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Fransuz tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan respublika fan olimpiadasining II bosqichi natijalariga ko‘ra birinchi darajali diplom bilan Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Kurtova Aleksandra, ikkinchi darajali diplom bilan O`zbekiston davlat jahon tillar universiteti talabasi Shodmonova Feruza, uchinchi darajali diplom bilan O`zbekiston milliy universiteti talabasi Mirzabekov Nafisa taqdirlandi.

Bundan tashqari g’oliblarlarga esdalik sovg’alar ham taqdim etildi.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi

chop etish