Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Talabalarning an'anaviy XXV ilmiy-amaliy konferensiyasi


2019 yil 21-may kuni SamDChTI Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida Talabalarning an'anaviy XXV ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.K. Nurbayeva talabalarni qutlar ekan, bunday anjumanlar talabalar ilmiy va ijodiy ishlarida yana bir qadam bo‘lib, har qanday yirik ilmiy ish yoki loyiha ham mana shunday talabalar konferensiyasida ishtirok etishdan boshlanishini ta‘kidladi. Konferensiyada talabalar taqdim etgan ma'ruzalar tilshunoslik va tarjimashunoslikning turli qirralarini tadqiq etishga bag‘ishlangani e'tiborga sazovordir. Talabalarning eng dolzarb va ahamiyatli ma'ruzalari har bir kaferdra yo‘nalishi bo‘yicha 1-,2- va 3-darajali diplomlar bilan taqdirlandi. Boshqa barcha qatnashchilarga esa fakultet dekani B.B.Odilov tomonidan guruh talabalari ishtirokida tashakkurnomalar bilan taqdirlash ko‘zda tutilmoqda. Talabalarning konferensiyasini o‘tkazishda Uzoq sharq tillari, Yaqin sharq tillari, hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra mudirlari va o‘qituvchilari faollik ko‘rsatdilar. Bunda M.A. Baymatova, S.Turakulova, D. Jo‘ramurodov, B. Sattorov, U. Xusanov, A. Ibayev, T. Iskandariy, A.N. Kasimova, O‘.O‘. Qo‘ldoshev, S. Usmonova, B. Odinayev, M. Absamadova, N. Daminovlarning ishtirokini alohida ta'kidlash mumkin. Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ilmiy ishlarida yana yangiliklar kutib qolamiz.

chop etish