Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Talabalarning an’anaviy XXV ilmiy amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


2019-yil 20-may kuni Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili-I fakultetida  talabalarning an’anaviy  XXV ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o’tdi. Konferensiyani fakultet dekani A.Ismoilov kirish so‘zi bilan ochib berdi va fakultet talabalarining kelgusidagi ilmiy-ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, maqola yozishda tegishli ko‘rsatma va maslahatlar berib o‘tdi. Shuningdek, talabalarning an’anaviy konferensiyasida M.Ismatova, Sh.Shomurodova, G.Obruyeva, N.Amritdinova hamda o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ishtirok etishdi. 
Konferensiya davomida talabalar kafedralar kesimida sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z maqolalarini ma’ruza qilishdi. Konferensiya yakunida eng yaxshi maqola va ma’ruzachilar munosib taqdirlanishdi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi  A.Abduraimov

chop etish