Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Fransuz tili mutaxassisi Redares Marie SamDChTIda o‘z faoliyatini yakunladi


 Samarqand davlat chet tillar institutida dunyoning ko‘plab universitetlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borib, institutga yetakchi mutaxassislarni jalb qilish, ular ishtirokida seminar va mashg‘ulotlar o‘tkazish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, fransiyalik mutaxassis Readres Marie joriy o‘quv yilida institut talabalariga to‘rt oy davomida fransuz tilidan dars berdi.
Readres Mariening faoliyati yakuni munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Sh.Ro‘ziqulov mutaxassis faoliyatiga yuqori baho berib, xorijiy tillarni o‘rgatishni takomillashtirishda qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘z navbatida Redares Marie qadimiy va tarixiy Samarqandda faoliyat yuritganidan nihoyatda mamnunligini takidlab o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish