Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDChTIga Xitoy Xalq Respublikasining Shiszyajuan ilmiy-texnika universiteti vakillari tashrif buyurishdi


2019-yil 29-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Shiszyajuan ilmiy-texnika universiteti rektori Wu Zhiyong, prorektor Wang Li va Xalqaro aloqalari bo‘limi boshlig‘i Li Xinoyuanlar tashrif buyurishdi.
Institut rektori I.M.Tuxtasinov bilan rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda SamDChTI va Shiszyajuan ilmiy-texnika universiteti bilan hamkorlik qilish borasida fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Uchrashuv yakunida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Delegatsiya vakillari SamDChTI qoshidagi Konfutsiy Instituti, zamonaviy jihozlangan “Smart Classroom” hamda sinxron tarjima auditoriyalari bilan tanishishdi.

SamdChTI matbuot xizmati

chop etish