Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

"Online Zakovat" turnirining yakuniy 3-va 4- tur o'yinlari bo'lib o'tdi


Joriy yilning 28-may kunida "Online Zakovat" turnirining yakuniy 3-va 4- tur o'yinlari bo'lib o'tdi. 
Turnirda institutimizning 11 jamoasi va mehmon jamoa sifatida Ipak Yo'li Xalqaro turizm universitetidan bir jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi. 
O'yin doimgidanda shiddatli va o'ziga xos tarzda bo'lib o'tdi. Zakovatning 4-tur yakunlariga ko'ra Ingliz tili fakultetining "Phoenix" jamoasi 1-o'rinni, Roman-german tillari  fakultetining "Intellekt" jamoasi 2-o'rinni, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining "Sharq" jamoasi esa 3-o'rin sohibi bo'ldilar. 
Yana shuni ta'kidlash lozimki, ushbu turnir institutimiz "Zakovat" klubi magistrlariga "Magistrlik guvohnoma"larini topshirilishi bilan ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bular quyidagilar:
1). Fayzullayev Xurshid
2). Pardayev Umid
3). Bozorov Dilshod
4). Nomozova Sabina
5). Raxmatova Mashhura 
bir ovozdan klub magistri darajasiga saylandi.
Turnir yakunida g'oliblarga badiiy asarlar to'plami va diplomlar taqdim qilindi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish