Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Xalqaro hamda respublika fan olimpiyada g‘oliblari munosib taqdirlanishdi


2019-yilning 30-may kunida institut ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishining ahvoli, institutda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash hamda o‘quv adabiyotlari bazasini mustahkamlash, institut professor-o‘qituvchilarning xorijiy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shu jumladan, Qo‘zog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro talabalar olimpiyadasi   hamda respublika fan olimpiyadasida g‘olibliklarni qo‘lga kiritgan institut talabalari hamda ularning ustozlari rahbariyat tomonidan  munosib taqdirlanishdi. Shuningdek, Qozog‘istondagi xalqaro olimpiyadada birinchilikni qo‘lga kiritgan Ch.Hamdamova magistratura bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish