Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Ipak -Yo‘li universitetlari Tarmog‘i” doirasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda


2019-yilning 3-iyun kuni “Ipak-Yo‘li universitetlari Tarmog‘i” assotsatsiyasi bosh kotibi Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tillar universiteti professori Sung-Don Hvang SamDChTIga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rasmiy uchrashuv tashkil etildi va unda institut rektori I.Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.Ro‘ziqulov, Konfutsiy instituti direktori Sh.Safarov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda “Ipak -Yo‘li universitetlari Tarmog‘i” doirasida hamkorlik ishlarini rivojlantirish yuzasidan taklif va fikrlar muhokama qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish