Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Assalomu alaykum, muhtaram institut jamoasi! Barchangizni kirib kelayotgan mukarram Ramazon Hayiti kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman...


Assalomu alaykum, muhtaram institut jamoasi! Barchangizni kirib kelayotgan mukarram Ramazon Hayiti kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga sog‘lik, salomatlik, oilangizga tinchlik totuvlik tilab qolaman,  ushbu muqaddas kunda barcha ezgu amallaringiz, xayrli, saxovatli ishlaringizni Olloh  ijobat qilsin! Xonadoningizga fayz, dasturxoningizga baraka, el-yurt ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi, ta’lim dargohimiz nufuzi borasidagi fidokorona faoliyatingizga omadlar yor bo‘lsin!
2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” chindan barakali, xosiyatli  bo‘lsin. Kelasi yil muqaddas Ramazon oyida Yaratgan hammamizni omon-eson uchrashtirsin.
Azizlar, barchangizga Ramazon hayit muborak! Sog‘ bo‘ling! O‘zingiz, oilangiz va do‘stlaringizni asrang, qadrlang!
 Qalbingiz iymonga,
 Uyingiz quvonchga,
 Yuzingiz nurga,
 Kuningiz hayrli solih amallarga to‘la bo‘lsin.

Ulkan samimiyat bilan, har doim Sizning ilmiy va ijodiy ishlaringizga xayrihoh

I.M.Tuxtasinov

chop etish