Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Organizmda imunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi viruslar


OIV – odam organizmida imunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus. OITS – orttirilgan imunitet tanqisligi sindromi, OIV virusining so‘nggi bosqichi. Bu viruslar 1985-yil Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan odamning imunitet tanqisligi viruslari deb nomlangan. 
Viruslar quyidagi yo‘llar orqali yuqishi mumkin: 
1.Qon orqali.
– qon va uning maxsulotlari orqali,
– organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish orqali.
2.Onadan bolaga.
– ona suti orqali,
– chaqaloqning tug‘ilish jarayonida.
3.Jinsiy yo‘l orqali 
SamDChTI talabalari o‘rtasida “OITS va OIV tushunchalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi va yuqoridagi ma’lumotlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.  Unda “Jismoniy madaniyat” kefedrasi o‘qituvchilari, OITS markazi vrach mutaxassisi M.Burxonov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov hamda instituti talabalari ishtirok etishdi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish