Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Tarjima, axborot, muloqot — siyosiy va ijtimoiy ko‘prik


Samarqand davlat chet tillar institutida joriy yilning 7-iyun kuni “Tarjima, axborot, muloqot — siyosiy va ijtimoiy ko‘prik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Bunda 10 ga yaqin xojirdan, xususan, XXR,  Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Rossiya hamda Misr Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tarjimon mutaxassislar o'zlarining ilmiy ma'ruzalarida tinglovchilarga qiziqarli ma'lumotlar yetkazishdi.  Shuningdek, Respublika OTMlari professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, institutning sohaga qiziquvchi magistrant va bakalavr talabalari  ham ishtrok etishdi.
Anjumanda 200 dan ortiq ishtirokchilarning maqola va tezislari o‘zbek, rus va boshqa xorijiy tillarda tinglandi.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar faoliyat olib bordi:
—  Jamiyat rivojida til va tarjima,
—  Madaniyatlararo va tillararo tarjimaning yutuqlariva istiqbollari,
—  Madaniyatlararo va xalqaro muloqot jarayonlari uchun malakali tarjimonlarni tayyorlash masalalari,
—  Chet tillarni o‘qitishning zamonaviy metodlari.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish