Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Institut professor-o‘qituvchilari xalqaro xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishishmoqda


Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilar va talabalarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish, seminar-trening, konferensiyalarda ishtirok etish hamda stajirovka o‘tashlariga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “Xalqaro kredit mobillik” loyihasi doirasida Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov hamda Tajima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Y.Azzamovlar joriy yilning 1-10 iyun kunlari Potugaliyaning Porto Universiteti San’at va gumanitar fanlar fakultetida “Boshqaruv kadrlar malakasini oshrish” kursida ishtirok etishmoqda. Ular Porto Universitetida malaka oshrish, San’at va gumanitar fanlar fakulteti o‘quv jarayoni va xalqaro xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishib, fakultet talabalariga ma’ruzalar ham o‘qishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish