Bosh sahifa Yangiliklar Tanlovlar

"El-yurt umidi" jamg‘armasining stipendiyasiga 10 nafar o‘qituvchilarimiz sazovor bo‘lishdi


2019-yil 8-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "El-yurt umidi" jamg‘armasining oliy ta'lim tizimi uchun e'lon qilingan 2019-yilgi stipendiya tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga "El-yurt umidi" jamg‘armasining stipendiyantlik sertifikatlarini tantanali topshirish marosimida SamDChTIdan 10 nafar umidli yosh o‘qituvchilar ishtirok etishdi. 
Tanlov g‘oliblarini jamg‘arma direktori A.Sh.Bekmurodov qutlab, ularning oldida turgan mas'uliyatli va sharafli ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, sertifikat egasining ta'lim dasturi bo‘yicha xorijda tahsil olish bilan bog‘liq barcha xarajatlari Jamg‘arma tomonidan to‘liq qoplanadi. Tanlov g‘oliblarining xorijda qo‘lga kiritgan yutuqlari va institutga qaytib kelib amalga oshirgan ishlarini birgalikda kuzatib qolamiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish