Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Soonchunhyang Universiteti bilan SamDChTI o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi


Janubiy Koreyaning Soonchunhyang Universiteti va SamDChTI o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi. Joriy yilning 10-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Soonchunhyang Universitetining Xalqaro ta’lim va almashinuv dasturlari markazi menejeri Jaesam Lim, Xalqaro ta’lim va almashinuv maktabi direktori Byung-Wook Yoo hamda Soonchunhyang Universiteti professori Sang-Myeong Leelar tashrif buyurishdi. 
Tashrif davomida mehmonlar va prorektorlar F.Ro’ziqulov, Sh.Ashurov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “2+2” shaklida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borildi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

chop etish