Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

AQShning Vest-Point harbiy Akademiyasi talabalari uchun Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv kursi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish maqsadida bir qator xorijiy OTMlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda SamDChTIda xorijlik talabalar uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Xususan, Germaniyaning Humboldt universiteti va DAAD tashkiloti shular jumlasidandir.

Shuningdek, AQShning Vest-Point oliy harbiy akademiyasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan ushbu akademiya talabalari uchun ham 2019 yilning 10-21 iyun kunlari SamDChTIda fors va rus tillariga yo‘naltirilgan o‘quv kursi tashkil etilgan bo‘lib, kursda mazkur akademiyaning 5 nafar talabalari ishtirok etishmoqda.

O‘quv kursiga institutning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etildi.

chop etish