Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Osiyo - Tinch okeani mintaqasida o‘qituvchilarni tayyorlashda gender tenglikni targ‘ib etish bo‘yicha regional uchrashuv tashkil etildi


2019 yil 12-14 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Yunesko tashkiloti bilan hamkorlikda “Registon Plaza” mehmonxonasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘qituvchilarni tayyorlashda gender tenglikni targ‘ib etish bo‘yicha regional uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Yunesko tashkiloti bilan hamkorlikda olib borilayotgan ushbu uchrashuvda Samarqand viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda Osiyo va Yaqin sharq davlatlaridan tashrif buyurgan delegatlar ham ishtirok etishmoqda.
Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad Janubiy, janubiy-sharqiy va Markaziy Osiyoda o‘qituvchilarni malakasini rivojlantirish, gender tengligi siyosati orqali ta’limda qizlar va ayollarning huquqini kengaytirish, pedogog – o‘qituvchilar genderlik va ta’lim o‘rtasidagi murakkab bog‘liklik mavjud ekanligini tushunishlari, hamda tengsizlikni keltirib chiqaruvchi strukturaviy, ma’daniy va institutsional omillarni anglab etishlari muxum amaliy axamiyatga ega ekanligi, o‘qituvchilarni gender ongli qilib tarbiyalash ularni ham qiz bolalar, ham o‘g‘il bolalarning, ayollar va erkaklarning ehtiyojlari xaqida to‘la xabardor bo‘lishlari kerakligi xaqida bormoqda.

chop etish