Bosh sahifa Yangiliklar Grantlar va stipendiyalar

El-yurt umidi jamg‘arma stipendiyalariga tanlov e’loni


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” Jamg‘armasi Vasiylik kengashi qarori bilan jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining ustuvor mutaxassisliklari kesimida kvotalari tasdiqlandi. 2018/2019 va 2019/2020 o‘quv yillarida chet elning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida respublika oliy ta’lim muassasalari pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlarining malaka oshirishlari va stajirovka o‘tashlari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini magistratura va doktorantura (PhD) dasturlari bo‘yicha o‘qitishning maqsadli ko‘rsatkichlari ILOVA QILINADI.

Nomzodlar ustuvor sohalar bo‘yicha kvota ajratilgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga e’tibor qaratishlari shart. Jamg‘arma stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etadigan nomzodlar hujjat topshirishda o‘z arizalarida ustuvor sohalar va ularga mos mutaxassisliklarni aniq ko‘rsatishlari talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” Jamg‘armasi tomonidan talab etilgan hujjatlarning elektron shakllari bilan birgalikda ularning qog‘oz shakllarini ham taqdim etishlari talab etiladi.

chop etish