Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Xorijiy hamkor OTMlariga stajirovkaga yuborilayotgan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilindi


18-iyun kuni SamDChTI rektori 2019-2020 o‘quv yili davomida Xorijga stajirovkaga yuborilayotgan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda institut I.M.Tuxtasinov rektori yurtimizda olib borilayotgan o‘zgarishlar xususida to‘xtalib ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar va yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirib, talabalarga muvaffaqqiyatlar tiladi.
Xususan, Janubiy Koreya Respublikasining Silla universitetiga 1 nafar, Cheju milliy universitetiga 2 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida 1999-yil 8-noyabrda imzolangan Bitim hamda Shanxay Hamkorlik tashkiloti doirasida XXR oliy ta’lim muassasalariga 8 nafar, Yaponiyaning Xigashikava shahridagi “Hokko Gakuen Welfare Professional School” kollejida tashkil etiladigan yapon tili o‘quv kursiga 5 nafar talabalar xorijga stajirokaga yuborilmoqda.
Talabalarga kerakli maslahatlar, ko‘rsatmalar berildi.

 

chop etish