Bosh sahifa Yangiliklar Prezident farmon va qarorlari

2019-yil 17-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida


Qarorga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

  • OTMlarning mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, OTMlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi;

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining umumiy soniga nisbatan qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bo‘yicha OTMlarining kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shakllaridan birida ta’lim olish huquqi beriladi;

  • to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi;

  • davlat buyurtmasi parametrlari doirasida OTMlarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishning to‘lov-kontrakt qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli uchun belgilangan to‘lov-kontrakt qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

  • magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo‘yicha belgilangan turdosh bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi magistratura mutaxassisliklaridan tashqari boshqa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat beriladi;

  • OTMlar rektorlariga (filiallar direktorlari) bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi.

PQ-4359-sonli qarorni to'liq o'qish

chop etish